Atlantika okeanida halokatga uçragan «Titan» suvosti kemasiga egalik qiluvçi OceanGate Expeditions kompaniyasi faoliyatini töxtatganini ma’lum qildi. 

«OceanGate batiskaflarning barça razvedka va tijorat operatsiyalarini töxtatdi», deyiladi kompaniya veb-saytida. 

19 iyun kuni bortida beş kişi bölgan «Titan» batiskafi «Titanik» kemasining Atlantika okeanida ğarq bölgan joyiga ekspeditsiya vaqtida ğoyib bölgan edi. 

22 iyun kuni AQŞ qirğoq xavfsizligi qidiruv guruhi a’zolari batiskaf bölaklari topilgani haqida xabar berdi. Ularning holati suvosti kemasida içkariga yönaltirilgan portlaş sodir bölganini körsatdi. Taxminlarga köra, uning bortidagi odamlar bir zumda halok bölgan. 

«Titanik» 1912 yil 15 aprelda Sauthemptondan Nyu-Yorkka ketayotganda aysberg bilan töqnaşib, çökib ketgan. Hodisa oqibatida 1,5 mingga yaqin odam halok bölgan edi. 

OceanGate kompaniyasi «Titanik» kemasi ğarq bölgan hududga ekspeditsiya uyuştiriş bilan şuğullangan. Suvosti turistlari kema qoldiqlarini tomoşa qiliş uçun 250 ming dollarga çipta sotib olişgan.