Titan qorişmalaridan yasalgan mahsulotlarni işlab çiqaruvçi va yetkazib beruvçi, ştab-kvartirasi Myunxenda joylaşgan Germaniyaning Hermith GmbH kompaniyasi Rossiya bilan biznes aloqalarini uzdi, yetkazib beriş, işlab çiqariş va RF bilan boğliq tuzilmalarda iştirokini töxtatdi. Bu haqda Hermith vakili 20 noyabr kuni DW’ning söroviga javoban ma’lum qildi. Sörov Correctiv nemis portalida kompaniya tilga olingan tahliliy material çop etilganidan keyin yuborilgan edi.
«Yevropa Ittifoqi sanksiyalari va Rossiyaning javob çoralari, eksport litsenziyalarini beriş tartibi, tölovlarni amalga oşiriş murakkablaşişi, şuningdek hamkorlikni töxtatiş zarurati bilan boğliq ma’naviy omillar faoliyatni davom ettirişni deyarli yöqqa çiqardi. Şu sababli Rossiyadagi operatsiyalar töxtatildi», – deya ma’lum qildi Hermith.
Kompaniya vakili hamkorlik aniq qaçon töxtatilganini aytmadi, faqat «uruş boşlanganidan keyin» röy berganini bildiriş bilan çeklandi. Gap Rossiyadagi biznesni qayta tuziş haqida emas, balki yetkazib beriş va mahsulotlardan töliq voz keçiş haqida borayotganini Hermith alohida urğuladi. Kompaniya Rossiyaning örniga xomaşyo yetkazib beruvçi sifatida Xitoydagi işlab çiqaruvçilarni tilga oldi.
Hermith özini «Yevropadagi yetakçi titan işlab çiqaruvçi va yetkazib beruvçilardan biri» deb ataydi. Kompaniya ma’lumotlariga köra, u yiliga taxminan 1000 tonna titan mahsulotlari işlab çiqaradi va 300 tonna atrofida zaxira omboriga ega. Kompaniya 2004 yilda rossiyalik tadbirkor Aleksey Rasskazov tomonidan taşkil etilgan. U 90-yillarda Rossiyada bank sektorida işlagan, keyinroq Yevropa fondlari va tuzilmalarida turli lavozimlarni egallagan, şundan söng Germaniyada öz kompaniyasini oçgan. Biznesmen titanning dunyodagi asosiy işlab çiqaruvçi va eksportçilari qatoriga kiradigan Rossiya bilan juda qattiq boğlangan edi. Rasskazov Germaniya fuqaroligiga ham ega.
2017 yilda Bavariya kompaniyasi «Rosatom» tarkibidagi «Çepetskiy mexaniçeskiy zavod» (ÇMZ) bilan Yevropaga 1000 tonnaga yaqin titan mahsulotlari yetkazib beriş böyiça uzoq muddatli şartnoma imzolagan. Bitim öşa paytdagi Bavariya boş vaziri, Germaniyaning sobiq içki işlar vaziri Xorst Zeyexofer va Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkin iştirokida tuzilgan.
Hermith’ning Rossiya bilan hamkorligi bu bilan çeklanib qolmagan: 2019 yilda kompaniya «Rosatom»ning «TVEL» yonilği kompaniyasi hamkoriga aylandi. 2021 yilda esa şu kompaniya bilan birgalikda aviatsiya uçun quvurlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Hermith Aerospace qöşma korxonasini tuzdi. Rasskazov öşanda ularning mahsuloti Airbus, Embraer va Bombardier kabi yirik aviasozlik kompaniyalarini qiziqtirganini aytgan edi. Bitim imzolanganidan yarim yil ötib, Rossiya Ukrainaga hujum boşladi.













