Xitoyning Niutech kompaniyasi mamlakatning Şandun viloyatida joylaşgan Lini şahrida konçilik sanoati çiqindilaridan titan ajratib oliş böyiça Osiyodagi eng yirik namoyiş korxonasini barpo etişni boşladi. Korxona işga tuşgaç, har yili 300 ming tonnaga yaqin toğ-kon çiqindisini qayta işlab, titan miqdori yuqori bölgan konsentrat işlab çiqaradi.
Loyihada asosiy xomaşyo sifatida temir va titanga boy, ammo past sifatli çiqindilardan foydalaniladi. Ilgari bunday çiqindilarni qayta işlaş iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb hisoblangan. Yangi texnologiya esa ularni qimmatbaho sanoat xomaşyosiga aylantiriş imkonini beradi.
Kompaniya ma’lum qilişiça, quriliş yakunlanganidan söng mazkur majmua konçilik çiqindilaridan strategik ahamiyatga ega minerallarni ajratib oliş böyiça Osiyodagi eng yirik namoyiş korxonasiga aylanadi. Texnologiya milliy ixtisoslaşgan ekspert taşkiloti tomonidan baholanib, xalqaro ilğor darajaga mos deb topilgan.
Mutaxassislar hisob-kitobiga köra, dunyoda har yili taxminan 16 milliard tonna toğ-kon çiqindisi hosil böladi. Ular tarkibida millionlab tonna temir-titan va vanadiy-titanomagnetit qoldiqlari mavjud. Şu resurslarni iqtisodiy aylanmaga qaytariş maqsadida Niutech past haroratli piroliz texnologiyasini işlab çiqqan.
Yangi usulning asosiy afzalligi şundaki, jarayon 700 daraja Tselsiydan past, odatda 550–600 daraja oraliğida amalga oşiriladi. Metallni ajratib oliş uçun plastik çiqindilar va boşqa organik materiallar qayta tiklovçi modda sifatida işlatiladi. Piroliz jarayonida hosil bölgan gazlar titan saqlovçi çiqindilarni yagona texnologik tsikl içida qayta işlaş imkonini yaratadi.
Işlab çiquvçilar ta’kidlaşiça, texnologiya qattiq çiqindilarni qayta işlaş, minerallarni boyitiş va energiyani qayta aylantiriş jarayonlarini birlaştiradi. Bu esa metallarni samarali ajratib oliş faqat juda yuqori haroratlarda mumkin degan an’anaviy qaraşni inkor etadi.
Kompaniya ma’lumotlariga köra, uşbu usulda metallni ajratib oliş samaradorligi 50 foizdan yuqori bölib, bu an’anaviy metallurgiya texnologiyalari bilan taqqoslaganda yuqori körsatkiç hisoblanadi. Şuningdek, işlab çiqariş tizimi işlatilgan issiqlikning 93 foizdan ortiğini qayta foydalaniş imkonini beradi, umumiy energiya sarfini 36 foizdan ziyod, atmosferaga çiqariladigan uglerod çiqindilarini esa 40 foizgaça qisqartiradi.
Mutaxassislar fikriça, uşbu loyiha Xitoyning strategik metallar işlab çiqarişda çiqindilarni çuqur qayta işlaş va ekologik toza texnologiyalarni joriy etiş borasidagi sa’y-harakatlarining navbatdagi muhim bosqiçi hisoblanadi.
Osiyodagi eng yirik titan zavodi Xitoyda quriladi
09:12 / 31.07.20262 4043 min
Xitoyda konçilik sanoati çiqindilaridan titan ajratib olişga ixtisoslaşgan, yiliga 300 ming tonna xomaşyoni qayta işlaydigan namoyiş zavodi qurilişi boşlandi. Yangi texnologiya avval iqtisodiy jihatdan samarasiz deb hisoblangan çiqindilardan yuqori sifatli titan konsentrati oliş imkonini beradi.

















