4 iyul kuni “Korzinka” Toşkentda 7 000 turdagi mahsulotlarga möljallangan Özbekistondagi yirik oziq-ovqat va xöjalik mahsulotlari yetkazib beruvçi ombor-dökoni (“dark store”) oçilişini e’lon qildi.

Bu qadam iyun oyi oxirida Toşkentda işga tuşirilgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi oçilişining mantiqiy davomidir.
“Dark store”ning oddiy supermarketdan asosiy farqi — u xaridorlarga emas, balki kur’yerlarga möljallangan.

Ombor-dökon yordamida mahsulotlarni töplaş jarayonini optimallaştiriş, buyurtmalarni yetkazib berişni tezlaştiriş va xatolar xavfini kamaytiriş mumkin.

Yangi “dark store” Toşkent şahrining janubiy qismida joylaşgan. Bu mijozlarga mahsulotlarni şaharning istalgan nuqtasiga 2 soat yoki undan tezroq yetkazib beriş imkonini beradi.

Ombor-dökon "Korzinka" tizimiga töliq integratsiya qilingan bölib, yetkazib beriş va qisqa saqlaş muddati bölgan mahsulotlar bilan işlaş jarayonlari optimallaştirilgan.

Bunday dökonlarning xususiyatlaridan biri — maxsus “ombor” tuzilişidir. Bu kur’yerlarga yiğiş jarayonini optimallaştirişga imkon beradi (oğir tovarlardan mört tovarlarga), "javondan tanlaşni" soddalaştiradi, buyurtma yiğiş yölida tirbandlik paydo böliş xavfini kamaytiradi.

Bundan taşqari, “dark store”da göşt va tovuq mahsulotlarini vakuumlaş, meva va sabzavotlarni oldindan qadoqlaş kabi texnologiyalar qöllaniladi.

Mahsulotlar javonlarga yaroqlilik muddati böyiça joylaştirilgan bölib, iş jarayoni va mahsulotlarning yaroqlilik muddati qattiq nazoratga olinadi.
“Korzinka Go” kur’yerlari uçun işlab çiqilgan ilova mijozlar uçun ilova bilan sinxronlaştirilgan, dökonda qöllaniladigan ombor tizimi esa buyurtma yiğuvçilarni töğri taqsimlaş, yetişmovçilik va qayta saralaş muammolarini oldini olişga qaratilgan.

“Bugun biz Özbekiston xalqiga birinçi “dark store ”imizni taqdim etişdan xursandmiz. Bu dökon-ombor “Korzinka Go” onlayn-supermarketini yanada qulay qilib, har bir oila uçun xarid qiliş jarayonini osonlaştirişga yönaltirilgan. Bu qadam mijozlarimizning vaqtini tejaşga qaratilgan “odatdagidan yaxşi” tamoyilimizning muhim bir qismidir”, — deb izoh berdi “Korzinka” supermarketlar tarmoği asosçisi va Kuzatuv kengaşi raisi Zafar Hoşimov.

“Dökonimiz elektron oziq-ovqat çakana savdosining xalqaro standartlariga töğri kelişi uçun jamoamiz bilan bir neça oy davomida işladik. Bu şunçaki omborxona emas, balki onlayn supermarketimizning muhim bir qismidir. U yordamida biz bu yil ideal buyurtmalar uluşini 90 foizgaça oşirişni rejalaştiryapmiz”, — dedi “Korzinka Go” direktori Konstantin Neçayev.

Dökon-omborlar 15 ming turdagi tovarlarga möljallangan holda mamlakatdagi eng yirik taklif hisoblanadi.
Kompaniya haqida:
“Korzinka” – 1996 yilda taşkil etilgan Özbekistondagi yirik va yetakçi supermarketlar tarmoği. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 115 ta dökon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi dökonlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo dökoni va ikkita “dark store’”ga ega bölgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.
Korzinka Go ilovasini bu yerdan yuklab oliş mumkin: Link
Korzinka Go onlayn-supermarketining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna böling:
Instagram: instagram.com/korzinkago
Telegram: t.me/KorzinkaGo
“Korzinka” bilan boğliq sönggi muhim yangiliklarni esa kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib borişingiz mumkin:
Özbek tilidagi telegram kanal: t.me/korzinkauzb
Rus tilidagi telegram kanal: t.me/korzinkauz
Instagram sahifasi: instagram.com/korzinkauz
Facebook sahifasi: fb.com/korzinkauz
Kompaniya sayti: korzinka.uz
Reklama











