Tadbirda bojxona, ekologiya, sanitariya-epidemiologiya xodimlari va majburiy ijro tuzilmalari xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Ma’lum qilinişiça, 2023 yil 22 fevral kuni Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda poytaxtning Mirobod tumanidagi xonadonlardan birida ötkazilgan tezkor tadbirda xorijda işlab çiqarilgan, noqonuniy yöllar bilan olib kirilgan 140 dan ziyod turdagi 228 ming 144 quti tamaki mahsulotlari qonunga xilof tarzda saqlanayotganligi aniqlangan.

“Qiymati 3,3 mlrd sömlik 220 mingdan ziyod tamaki mahsulotlari yoqiş yöli bilan yöq qilinmoqda. Sud hukmiga köra uşbu tamaki mahsulotlarini yöq qiliş belgilangan”, - deydi Davlat bojxona qömitasi matbuot mizmati boş inspektori Husan Tangriyev.
Jurnalistlar, blogerlar va keng jamoatçilik vakillari guvohligida – 228 ming 144 quti sigaretlar yoqib yuborildi.

Rasmiylarga köra, 2023 yilning 6 oyida bojxona organlari tomonidan 155 ta huquqbuzarlik holatlarida 37,5 mlrd. sömlik 1 mln 610 ming quti sigaret tovarlarining noqonuniy realizatsiyasiga çek qöyilgan.
Mazkur huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona organlari tomonidan 53 ta holatda jinoyat işlari qözğatilgan, şuningdek 90 ta holatda ma’muriy işlar yuritilib, körib çiqiş uçun sudlarga yuborilgan.
Ta’kidlanişiça, Özbekiston hududiga tamaki mahsulotlarini asosan Turkiya, Rossiya, BAA, Tojikiston, Qirğiziston va boşqa davlatlardan noqonuniy tarzda olib kirişga urinilmoqda.
Içki hududlar kesimida eng köp noqonuniy sigaret mahsulotlari Namangan, Farğona viloyatlari, Toşkent şahri, Toşkent va Qaşqadaryo viloyatlari hissasiga töğri keladi.
Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 iyuldagi “Davlat daromadiga ötkaziladigan mol-mulkni olib qöyiş, sotiş yoki yöq qilib taşlaş tartibi töğrisida”gi 200-son qaroriga muvofiq tamaki mahsulotlari majburiy tarzda yöq qilib taşlanişi belgilangan.











