Kentukki şarqidagi harbiy obektda Qöşma Ştatlarning sönggi kimyoviy qurol zaxirasi yöq qilindi, deb xabar berdi CBS News.
Bu voqea Birinçi jahon uruşi davriga borib taqaladigan uruş olib boriş usullarining butun bir bobini yopadigan muhim bosqiçdir, deb ta’kidladi naşr.
Pentagon ma’lumotlariga köra, asab tizimini şol qiluvçi zarin moddasiga ega M55 raketasi 7 iyul kuni Blue Grass harbiy omborida yöq qilingan. Bu bilan 30 ming tonnadan ortiq kimyoviy qurol zaxiralarini yöq qiliş böyiça köp yillik kampaniyani yakunlandi.
AQŞ prezidenti Jo Bayden, öz navbatida: «Ma’muriyatlar bu qurollar endi heç qaçon işlab çiqilmasligi yoki joylaştirilmasligi haqida qaror qabul qilişdi. Bu yutuq nafaqat Kimyoviy qurollar böyiça konvensiyadagi uzoq muddatli majburiyatlarimizga mos keladi, balki xalqaro organ tomonidan ommaviy qirğin qurollarining butun toifasi yöq qilinganini tasdiqlaşi haqidagi ilk holatdir», dedi.
Oq uy rahbari, şuningdek, «öttiz yildan ortiq vaqt davomida öz vaqti va iste’dodini uşbu ezgu va qiyin missiyaga bağişlagan minglab amerikaliklarga» minnatdorçilik bildirdi.
Naşrning yozişiça, 1997 yilda kuçga kirgan va 193 davlat qöşilgan Kimyoviy qurolni taqiqlaş töğrisidagi konvensiyaga muvofiq, 30 sentabr AQŞ öz kimyoviy qurollarining qolgan qismini yöq qilişi kerak bölgan oxirgi muddat edi.












