Ukrainadagi uruşning 503-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Vilnyusdagi sammitning birinçi kuni yakunlariga köra, Ukraina uçun alyans tomon yöl osonlaştirilişini ma’lum qildi — ammo hozirça Kiyev taklif etilmaydi.
  • Zelenskiy NATOni Ukrainaning a’zoligi masalasidagi «noaniqlik» uçun tanqid qildi. Ukraina prezidenti alyans sammitining birinçi iş kunida iştirok etmaslikka qaror qildi, ammo Vilnyusda öz mamlakatining NATOga a’zoligini qöllab-quvvatlab taşkil etilgan konsertda qatnaşdi.
  • Fransiya Ukrainaga harakatlaniş masofasi kamida 250 kilometrga teng bölgan Storm Shadow raketalarini taqdim etdi.
  • Sergey Şoygu AQŞ Ukrainaga kassetali öq-dorilar yetkazib berişiga javoban, Rossiya qöşini ham şunday qurolni qöllaşini aytdi. Bunday snaryadlar dunyoning yuzdan ortiq mamlakatida taqiqlangan. Ukraina, AQŞ va Rossiya kassetali snaryadlarni taqiqlaş töğrisidagi Konvensiyani imzolamagan.
  • RF qöşini Ukraina böylab dronlar hujumini uyuştirdi. Kiyev oblastida turar joy binosi, Odessada — port şikastlandi.
  • Krasnodarda «Krasnodar» suvosti kemasining sobiq komandiri Stanislav Rjitskiy öldirildi. Qotillikdan bir neça soat ötib Tergov qömitasi gumonlanuvçi qölga olingani haqida xabar berdi.

Donetsk oblastidagi ukrain harbiylari

Ukrainaning qirol Daniil nomidagi 24-alohida mexanizatsiyalaşgan brigadasi jangçisi 2S3 «Akatsiya» öziyurar artilleriya qurilmasi içidagi snaryadni körsatmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar D-20 gaubitsasidan rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini öqqa tutmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaning 37-dengiz piyodalar brigadasi harbiysi Donetsk oblastidagi dalani minadan tozalamoqda
Minadan tozalaş jarayoni
Ukrainaning 37-dengiz piyodalar brigadasi harbiysi Donetsk oblastidagi pozitsiyada 155-millimetr kalibrli M109 öziyurar gaubitsasida
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevda mahalliy aholi vakillari öq otişga örgatilmoqda 

Kiyev aholisi vakillari öqotar qurolni işlatişni örganiş vaqtida instruktorning sözlarini tinglaşmoqda. Quroldan foydalanişni öqitiş işlari tölov asosida merganlar klublarida ötkazilmoqda
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA

Volodimir Zelenskiy Vilnyusdagi NATO sammitida

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy sammitning birinçi kuni işida iştirok etmadi, ammo Ukrainaning NATOga a’zo bölişini qöllab-quvvatlaş maqsadida uyuştirilgan konsertga bordi. Sahnada u bilan birga rafiqasi Yelena Zelenskaya, şuningdek Litva prezidenti Gitanas Nauseda rafiqasi Diana bilan çiqiş qildi. Zelenskiy Litvaga harbiy kömak uçun minnatdorçilik bildirdi va Vilnyusga ittifoqçilar va hamkorlarga, şuningdek «kuçli NATO»ga katta işonç bilan kelganini aytdi:

«Ikkilanmaydigan, vaqtni behuda ötkazmaydigan va har qanday tajovuzkorga befarq bölmaydigan NATOga işonganim uçun. Va men xohlardimki, bu işonç har bir jangçimiz, har bir fuqaromiz, har bir ona, har bir bola kutayotgan, barçamiz munosib bölgan qarorlar bilan mustahkamlansin. Nahotki bu şunçalik katta istak bölsa?»

Yevgeniy Feldman / «Meduza»