Unda ta’kidlanganidek, joriy yil 7-10 may kunlari Abu-Dabiga taşrif çoğida erişilgan kelişuvlarga muvofiq, Masdar kompaniyasining Özbekistondagi investitsiya loyihalarini 10 mlrd dollarga yetkaziş böyiça birlamçi kelişuvga erişilgan.

Uşbu maqsad röyobi uçun joriy yil 17 may kuni YeTTB boşqaruvçilar kengaşining yillik yiğilişi doirasida Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Masdar kompaniyasi örtasida 500 MVt quvvatli şamol va umumiy quvvati 2150 MVt quvvatga ega quyoş fotoelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda işlab çiqiş böyiça kelişuv imzolandi.

Şuningdek, kompaniya investitsiyalar hajmini 10 milliard dollarga yetkaziş maqsadida gidroenergetika sohasida yirik loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatini körib çiqmoqda.

Uçraşuvda mavjud loyihalarni amalga oşiriş doirasida Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 440 MVt va Surxondaryo viloyatida 457 MVt quvvatga ega quyoş fotoelektr stansiyalari, Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt bölgan şamol elektr stansiyasi qurilişini jadallaştiriş lozimligi qayd etildi.

Qaşqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasini quriş böyiça ötkazilgan tender tanlovida ğolib çiqqan Masdar kompaniyasi endilikda loyiha doirasidagi işlarni jadallaştirişi lozimligi aytib ötildi.