NATOga a’zo davlatlar taşkilotning 11 iyul, seşanba kuni Vilnyusda bölib ötgan sammitida Rossiya bilan uruş tugaganidan söng Ukrainaga ittifoqqa qöşiliş imkoniyatini ta’minlaş böyiça qarorga keldi.

Sammit bayonotida qayd etilganidek, agar NATOga a’zo davlatlar buning uçun şartlar bajarilgan deb hisoblasa, Ukraina Şimoliy Atlantika alyansiga qöşiliş taklifini oladi. «Biz Ukraina NATOga a’zo bölişini tasdiqladik va a’zolik böyiça harakatlar rejasini bekor qiliş töğrisida qaror qabul qildik», dedi taşkilot boş kotibi Yyens Stoltenberg matbuot anjumanida.

Stoltenbergning sözlariga köra, alyansga a’zo barça davlatlar Rossiyaning bu davlatga qarşi uruşi davom etar ekan, Ukraina NATOga tölaqonli a’zo böla olmaydi, degan fikrda. 

NATO Ukrainaga alyansga qöşiliş uçun rasmiy taklif yuboriş imkoniyatini boğlayotgan şartlar qatorida korrupsiyaga qarşi kuraş, şuningdek, qurolli kuçlarni modernizatsiya qiliş sohasidagi işlar ham bor. Kiyevni bu yölda qöllab-quvvatlaş uçun NATO Ukraina qurolli kuçlari va Şimoliy Atlantika alyansi kuçlari örtasida «töliq özaro hamkorlik»ni ta’minlaydigan köp yillik yordam dasturini kelişib oldi, dedi Stoltenberg. 

Taşkilot sammiti arafasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy NATOni Ukrainani öz safiga qabul qilişga tayyorligi haqida «aniq signal» yöqligi borasida tanqid qildi. Bu tanqidga munosabat bildirgan Yyens Stoltenberg 11 iyul kuni alyans Ukrainaning a’zoligi masalasida «heç qaçon bundan kuçli söz eşitmaganini» ta’kidladi. Şu bilan birga, Ukrainaga tegişli taklifnomani taqdim etiş muddati aytilmagan. 

«Biz Ukraina NATOga a’zo bölişini yana bir bor ta’kidladik va alyansga a’zolik böyiça harakatlar rejasiga qöyiladigan talablarni bekor qilişga kelişib oldik. Bu Ukrainaning NATOga a’zo böliş yölini özgartiradi, ikki bosqiçli jarayon örniga bir bosqiçli jarayon paydo böldi», - dedi Stoltenberg. Boşqa narsalar qatorida, sammitda NATO-Ukraina kengaşini taşkil etiş böyiça kelişib olindi, deya qöşimça qildi u.