Turkiya va Şvetsiya yetakçilari NATO boş kotibi bilan Vilnyus sammitida. Foto: NATO sayti.

NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson bilan uçraşuvda Turkiya hokimiyati Şvetsiyaning NATOga a’zo bölişiga ortiq tösqinlik qilmasligin⁠i e’lon qildi.

Erdöğan Şvetsiyaning Şimoliy Atlantika alyansiga a’zoligini ratifikatsiya qiliş töğrisidagi bayonnomani parlamentga uzatişga rozi böldi. Garçi u ilgariroq Yevropa Ittifoqi Turkiyani YeIga a’zo bölişini ma’qullasagina bu işga qöl urişini aytgan edi. Turkiya parlamenti kelgusi hafta oxirigaça Şvetsiyaning NATO a’zosiga aylanişini ratifikatsiya qilişi mumkin. Turkiya ortidan Vengriya ham Şvetsiyaning a’zoligini ma’qullaşini e’lon qildi.

Turkiyaning 180 gradusga özgarişi NATOning muhim sammitigaça köp oylik oğir muzokaralar natijasi, «unda alyans yetakçilari, jumladan AQŞ prezidenti Jo Bayden bir front bölib turib, Vladimir Putinga uning Ukrainadagi uruşi alyansni faqat kuçaytirganini körsatib qöyişdi», deb yozadi Bloomberg naşri.

Bu asnoda Turkiya özi uçun qanday şartlarni undirib olgani hozirça noma’lum. Avvalroq Şvetsiya Turkiyaning YeI a’zosi bölişini qöllab-quvvatlaşini e’lon qilgan edi. Anadolu naşri Turkiya hukumatidagi oliy martabali mansabdorga tayanib yozişiça, YeIga a’zolikni qöllab-quvvatlaşdan taşqari, Turkiya iqtisodiyotiga joriy etilgan sanksiyalar bekor qilinadi, turklar uçun vizalar erkinlaştiriladi.

Şvetsiya masalasi muvaffaqiyatli hal etilgaç, sammitning asosiy diqqat-eʼtibori Ukrainaga qaratiladi.

Stoltenberg allaqaçon 12 iyul kuni Vilnyusda Ukraina-NATO inauguratsion sammiti bölib ötişini ta’kidladi. Unda Ukrainaning alyansga a’zo bölişi böyiça reja taqdim etiladi. Stoltenberg Ukraina uçun NATOga a’zo böliş böyiça harakatlar rejasini bekor qilişni, bu yöl bilan qöşiliş jarayonini qisqartirişni taklif qilmoqda. NATO boş kotibining sözlariga köra, u ittifoqçilardan Ukraina böyiça kuçli va ijobiy işora kutmoqda. U boşqa detallarni oçiqlamadi va Vilnyus sammiti kommyunikesini kutişni taklif qildi.

Vilnyusda AQŞ prezidenti Jo Bayden va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning uçraşuvi ham bölib ötadi. Zelenskiy bugun Litvaga uçib boradi.

Ekspertlar Zelenskiy sammitdan nimalar olib ketişi haqida turliça fikrlarni bildirişmoqda: eng kamida bu yangi harbiy yordam paketlari va allaqaçon tuzilişi e’lon qilingan NATO–Ukraina kengaşi böladi, köpi bilan esa Isroil modeli böyiça ikki tomonlama xavfsizlik kafolati böladi (gap doimiy harbiy yordam kafolatlari, jumladan, harbiylarni tayyorlaş va qurol-yaroğ yetkazib beriş haqida ketmoqda).

Ğarb OAVlarining ma’lumotlariga köra, NATO hozir yakuniy kommyunikeda tuşunarli tarzda ifodalanadigan zaruriy şartlarni ma’qullab çiqiş bilan band. Undagi opsiyalardan biri istiqbolda Ukrainaning NATOga a’zolik böyiça harakatlar rejasisiz qabul qilinişini nazarda tutadi. Bu mexanizm a’zolikka eng tayyor davlatlar — Finlandiya va Şvetsiya misolida qöllab körildi.

«Men uç elementdan iborat va amaliy qöllovlarga ega, Ukraina harbiy kuçlarining NATO kuçlari bilan töliq operativ hamohangligini ta’minlaş böyiça köpyillik dasturga ega uçta paket taklif qildim. Bu Ukrainani NATOga yaqinlaştiradi. Söngra biz Ukraina uçun a’zolik böyiça harakatlar rejasini bekor qilamiz. Bu jarayonni ikki bosqiçlidan bir bosqiçliga aylantiradi», — deya ta’kidlagan NATO boş kotibi Stoltenberg.

Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunak sammitning asosiy maqsadi Ukrainani a’zo qiliş emas, Ukrainaning NATOga azo böliş yölidagi sa’y-harakatlarini mustahkamlaş, «bu yöldagi harakatni namoyiş etiş» ekanligini ta’kidladi.

Volodimir Zelenskiy Vilnyus tomon yöl olar ekan, ança qat’iy bayonot bilan çiqiş qildi. U NATO davlatlarini Ukrainani alyansga taklif etiş böyiça noaniq pozitsiyasi uçun tanqid ostiga oldi.

«Biz Ukrainasiz şakldagi muhokamalar ötkazilayotgani töğrisida işoralar olmoqdamiz. Ta’kidlayman: bu şakldagi işlar Ukrainaning a’zoligi emas, uni taklif qiliş böyiça bölmoqda. Ukrainani taklif qiliş böyiça ham, a’zo qiliş böyiça ham vaqt çegaralari yöqligi misli körilmagan va absurddir; boz ustiga, a’zolik u yoqda tursin, şunçaki taklif qiliş uçun ham qandaydir «şartlar» haqidagi ğalati şamoyillar ham qöşilmoqda.

Aftidan, Ukrainani NATOga na taklif qiliş, na a’zo qiliş böyiça tayyorgarlik borga öxşayapti. Ukrainani NATOga a’zo qiliş masalasi Rossiya bilan muzokaralarda savdolaşiş imkoniyati bölib qolmoqda. Rossiyaga bu öz terrorini yanada davom ettirişga çoğlaniş berişini anglatadi. Noaniqlik — bu ojizlik. Men bu masalani sammitda oçiqça bildiraman», — degan Zelenskiy.

Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosda uyuştirgan bosqini tufayli Şimoliy Atlantika alyansi özining mudofaa konsepsiyasini töliq qayta körib çiqişga qaror qildi.

Keça NATO davlatlari Rossiyaning hujumi röy bergan taqdirda mintaqaviy mudofaa rejasini ma’qullab olişgani ma’lum böldi. Endi bu rejalar sammitda tasdiqlanişi kerak, deb yozadi Reuters. Rejada quruqlikda qöşinlarning tezda kengaytiriş usullari; dengiz, havo, kibermakon va kosmosdan turib uyuştiriladigan ehtimolli hujumlardan himoyalaniş usullari batafsil körsatib ötilgan. Alyans a’zolariga öz qöşinlarini modernizatsiya qiliş va logistikani yaxşilaş böyiça tavsiyalar beriladi. NATO davlatlari, şuningdek, mudofaa uçun xarajatlarni oşirişadi — alyans talabiga köra u eng kamida YaIMning 2 foizini taşkil etişi kerak böladi.

The New York Times naşrining yozişiça, NATO davlatlari Vladimir Putin rejimining tahdidlariga javob sifatida Rossiya çegaralari yaqinida öz qöşinlari sonini tört barobarga oşirişadi. «Şarqiy qanot»dagi sakkiz davlatda qöşinlar soni 40 mingga yetkaziladi.

Litva prezidenti Gitanas Nauseda öz navbatida NATOni Rossiya çegaralari yaqinida doimiy harbiy bazalar örnatişga . Hozir doimiy bazalar örnatişni NATO va Rossiya örtasida 1997 yilda imzolangan munosabatlar va hamkorlik töğrisidagi bayonnoma taqiqlab turibdi. Nausedaning fikriça, Rossiya Belarusga taktik yadroviy qurol joylaştiriş böyiça faol qadamlar bosayotgan ekan, bu kelişuv allaqaçon «ölgan».

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sammitning birinçi kunida Fransiya Ukrainaga uzoq masofadagi nişonni ura oluvçi Scalp raketalari yetkazilişini ta’kidladi. Bu Britaniya tomonidan may oyidan boşlab Ukrainaga yetkazilayotgan Storm Shadow raketalarining fransuzça varianti. Storm Shadow’ning uçiş masofasi eng kamida 250 km.ni taşkil etadi va u Kiyevga uruş boşlanganidan buyon berilgan uzoqni ura oluvçi birinçi raketadir.

Germaniya Ukrainaga 700 mln yevrolik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Unga 25 ta «Leopard-1» tanklari, 40 ta Marder zirhli transportyorlari va ikkita Patriot uçiriş qurilmalari kiradi.

Sammit maydonlarida Çexiya prezidenti Petr Pavel Ukraina frontda muvaffaqiyatga erişiş uçun imkoniyatlar darçasi «yil oxiriga borib u yoki bu darajada yopilişi»ni aytdi.

«Yil söngiga qadar erişilgan barça narsa muzokaralar ötkaziş uçun boşlanğiç nuqta bölib xizmat qiladi», — deya Petr Pavelning sözlarini keltirmoqda The New York Times.

Çexiya prezidenti kelgusi yilda AQŞ va bir qator ğarb davlatlarida prezidentlik saylovlari bölib ötişini eslatdi. 2024 yilda «biz şuningdek Ukrainani köp miqdordagi qurol-yaroğlar bilan ommaviy qöllab-quvvatlaş darajasi pasayişini ham kuzatamiz», deya qöşimça qilgan u. Uning sözlari sammitdagi boşqa yetakçilarning Ukrainani harbiy jihatdan qöllab-quvvatlaş qança kerak bölsa şunça davom etişi haqidagi bayonotlariga ters kelmoqda.

The Guardian naşri öz manbalariga tayanib yozişiça, Volodimir Zelenskiy NATO davlatlarini Litvadagi sammit yakunlari böyiça çiqariladigan bayonotni qaytadan yozişga köndirişga urinib köradi.

«NATOdagi manbalarning ma’lum qilişiça, Ukraina yetakçisi çorşanba kuni yakunlanadigan sammitning sönggi daqiqalarida yakuniy deklaratsiya yoki kommyunikeni qaytadan yozişga köndiriş uçun qat’iy diplomatiyadan foydalanişga qaror qilgan», — deyiladi naşr ma’lumotida.

OAV va Kiyevning ma’lumotlariga köra yakuniy bayonotning dastlabki variantida Ukrainani NATOga taklif qiliş böyiça ham, alyansga a’zo böliş muddatlari haqida ham heç narsa yozilmagan. Bu hol Zelenskiyni qattiq ğazablantirgan.

Politico naşri NATOning rejalaştirilayotgan bayonotidan nihoyatda ğazablangan Zelenskiyni tuşunib turgan ğarb diplomatlarining sözlarini keltirmoqda. Ularning fikriça, Zelenskiy «nihoyatda özidan ketmoqda».

Sammitning birinçi kuni yakunlari böyiça NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg hozir Litvada NATO davlatlari Ukrainanin a’zolik böyiça muzokaralarga taklif etilmasligi, biroq alyansning barça a’zolari buni ma’qullab, «barça şartlar bajarilgaç» bu masalaga qaytilişini e’lon qilgan edi.

Hozirça alyans a’zolari yetakçilari Kiyev uçun qöllab-quvvatlaş paketini ma’qullaşgan va u quyidagi uçta elementdan iborat:

  • NATO a’zosi böliş uçun harakatlar rejasini bajariş bekor qilinadi, ya’ni Ukrainani alyansga a’zo bölişining yengillaştirilgan varianti taqdim etiladi: ikki bosqiçli jarayon bir bosqiçliga aylanadi;
  • Ukraina armiyasini modernizatsiya qiliş va uni NATO standartlariga ötkaziş uçun yiliga 500 mln dollarlik uzoq muddatli harbiy yordam dasturi;
  • Krizisli vaziyatlarda maslahatlaşuv platformasi böluvçi Ukraina–NATO kengaşini işga tuşiriş. Uning birinçi yiğilişi bugun bölib ötadi va unda Volodimir Zelenskiy iştirok etadi.

Bundan taşqari, Stoltenberg NATOga a’zo davlatlar 2023 yilda harbiy xarajatlarini 8,3 foizga oşirişini e’lon qildi. NATOning 300 mingta askari yuqori harbiy tayyorgarlik rejimida doimiy böladi.