«Katta yettilik» davlatlari Ukrainaning uzoq muddatli xavfsizligini ta’minlaş uçun keng qamrovli çoralar köradi. Bu NATOning Vilnyusdagi sammitining yakuniy kuni – 12 iyul, çorşanba kuni e’lon qilingan «Katta yettilik» bayonotida aytilgan.
«Katta yettilik» davlatlari Ukraina uçun «xavfsizlik sohasida aniq, ikki tomonlama va uzoq muddatli majburiyatlar va kelişuvlar» işlab çiqiş niyatida», deyiladi hujjatda. Bu yordam, xususan, quruqlikda, havoda va dengizda zamonaviy harbiy texnika yetkazib beriş, Ukraina Qurolli kuçlari harbiy xizmatçilarining malakasini oşiriş, razvedka ma’lumotlarini uzatiş va kiberhujumlardan himoya qilişni öz içiga oladi.
Hujjatda aytilişiça, havo hujumidan mudofaa, artilleriya, uzoq masofaga uçuvçi qurollar, zirhli transport vositalari va boşqa muhim imkoniyatlar, masalan, havo jangi vositalariga ustunlik beriş kerak. Şu bilan birga, G7 davlatlari Ukrainani mudofaa sanoatini yanada rivojlantirişda qöllab-quvvatlaş niyatida.
Hujjatga köra, dunyoning yetti yirik sanoat mamlakati Ukrainaga hozir uni himoya qila oladigan va kelajakda yangi tahdidni qaytara oladigan zamonaviy armiya yaratişda yordam beriş niyatida. «Kelgusida qurolli hujum sodir bölgan taqdirda, biz Ukraina bilan maslahatlaşuvlar ötkazamiz va tegişli çora-tadbirlar töğrisida qaror qabul qilamiz», — deya G7 bayonotidan iqtibos keltirgan AFP. «Biz Ukrainani agressiyadan himoyalanayotgan bir paytda qöllab-quvvatlaymiz va buni qança vaqt kerak bölsa, şunça amalga oşiramiz», deb işontirdi Vilnyusda G7 vakillari.
Bayonotda aytilişiça, Ukraina bilan bu mavzuda muzokaralar «zudlik bilan» boşlanişi kerak. Ular ikki tomonlama asosda: G7 guruhiga a’zo bölgan alohida davlatlar va Ukraina örtasida ötkaziladi. G7 a’zolari - AQŞ, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiya.












