Gazeta.uz yozişiça, bunga elektr energiyasi, tabiiy gaz, temiryöl, fuqaro aviatsiyasi, aeroport xizmatlari, avtomobil yöllari va telekommunikatsiyalar bilan boğliq sohalar kiradi.

2025 yil 1 yanvarga qadar Tabiiy monopoliya sub’yektlarining tariflarini tartibga soliş va nazorat qiliş böyiça Raqobat qömitasining funksiyalari yaratilayotgan mustaqil bozor regulyatorlariga bosqiçma-bosqiç ötkazilişi kerak.

Joriy yilning dekabr oyigaça tabiiy monopoliyalar faoliyatini huquqiy tartibga soliş va tariflarni tartibga solişning samarali mexanizmlarini qayta körib çiqiş rejalaştirilgan. 

Şu bilan birga, amalga oşirilayotgan loyihalar tahlilidan söng ularning faoliyatini mustaqil regulyatorlar orqali tartibga solişni ta’minlaş topşiriği berilgan. 

Şuningdek, tabiiy monopoliyalar tariflarini tartibga soluvçi hujjatlarni inventarizatsiya qiliş va optimallaştiriş kutilmoqda.

Avvalroq Özbekistonda 2023 yil sentabrgaça gaz va elektr energiyasi narxlarini liberallaştiriş hamda ijtimoiy iste’mol normalarini joriy etişni nazarda tutuvçi energetikani rivojlantirişning yangi dasturi taqdim etilişi ma’lum bölgandi.