Ğarb davlatlari kibermakondagi asosiy tahdidlardan biri deb hisoblaydigan xitoylik hakerlar 25 ga yaqin taşkilot, jumladan, davlat idoralarining elektron poçta manzillariga yaşirinça kirdi. 

Reuters agentligining Microsoft ma’lumotlariga tayanib xabar berişiça, hujum birinçi navbatda Ğarbiy Yevropadagi taşkilotlarga qaratilgan. Storm-0558 deb ataladigan hakerlar guruhi Outlook xizmatida işlaydigan veb-poçta akkauntlariga kiriş uçun raqamli autentifikatsiya tokenlarini soxtalaştirgan. Bu harakatlar may oyida boşlangan. 

«Microsoft hujumga uçragan barça taşkilotlar bilan boğlandi va ularga tekşiruv ötkaziş va çora köriş uçun muhim ma’lumotlarni taqdim etdi», deyiladi kompaniya bayonotida. Raqamli hujumga qaysi taşkilotlar yoki hukumatlar uçragani oşkor qilinmagan. 

Bir kun avval Oq uyning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan ABC telekanaliga bergan intervyusida federal hukumat akkauntlari buzilganini aytgan edi. Uning sözlariga köra, AQŞ bu muammoni «tezda» hal qildi va keyingi muammolarning oldini olişga muvaffaq böldi. 

Qöşma Ştatlar Rossiya va Xitoyni kibermakonga tahdid solayotgan asosiy davlatlar deb biladi. 

Bahorda AQŞ Milliy xavfsizlik agentligi direktori general Pol Nakasone Xitoy Tayvanga bostirib kirişga uringan taqdirda AQŞga qarşi keng kölamli kiberuruş boşlaşi mumkinligini başorat qilgan edi. 

AQŞ rasmiylariga köra, xitoylik hakerlar vahima qözğaş va AQŞning Tayvanga yordamini susaytiriş uçun Amerikaning elektr tarmoqlari, transport tarmoği va telekommunikatsiya tizimlariga hujum qilişi mumkin.