Maktabgaça ta’lim agentligi mas’ul xodimi Gulbahor Parpiyeva boğçalarga bolalarni qabul qiliş böyiça muhim masalalar haqida ma’lumot berdi.
Qayd qilinişiça, 2023 yil yakuniga qadar 2 milliondan ortiq 3-7 yoşli bolalarni boğçalarga jalb qiliş rejalaştirilmoqda.
Maktabgaça ta’lim taşkilotlariga bolalarni qabul qiliş asosan boğça tarbiyalanuvçilari maktabga yöl olgandan keyin boşlanadi. Böşagan örinlarga mos ravişda maktabgaça ta’lim taşkilotiga joylaşiş uçun navbatga qöyilgan bolalar hukumat tomonidan tasdiqlangan reglamentga asosan navbat asosida ketma-ketlikda qabul qilinadi. Bolalarga yöllanma asosan may va avgust oylarida şakllantiriladi.
Reglamentga asosan bolalarning quyidagi kontingenti imtiyozli röyxatga kiritiladi:
- I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarning bolalari;
- köp bolali oilalarning bolalari;
- yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
- «Ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolğiz ayollarning farzandlari;
- kontrakt böyiça harbiy xizmatçilarning va içki işlar organlari xodimlarining bolalari;
- talabalar va pedagoglarning bolalari;
- akasi yoki opasi uşbu muassasaning tarbiyalanuvçisi jumlasidan bölgan bolalar;
- köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan maktabgaça taşkilotlardan umumiy turdagi maktabgaça taşkilotlarga ötkazilayotgan soğaygan bolalar.
Ma’lumot uçun: Oila kodeksining 41-moddasiga asosan, tört nafar va undan ortiq ön sakkiz yoşga tölmagan bolasi bölgan oila köp bolali hisoblanadi.
Maktabgaça ta’lim agentligi tomonidan har oy kesimida bolalar navbati masalasida tahlil olib boriladi va uning natijasiga köra, qaysi hududda MTT qurilişi yoki DXŞ asosidagi oilaviy MTT soni köpaytiriş zarurligi körib çiqiladi. Agar boğçalarda böş guruhlar vujudga kelsa, albatta, uşbu boğçada qöşimça guruhlar şakllanadi.
Agar ariza beruvçi bolalarni taşkilotga qabul qilişni yöllanma şakllangandan söng 15 iş kuni mobaynida rasmiylaştirmagan taqdirda, yöllanma bekor qilinadi.
Davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida böş xonalari mavjud bölsa, unga joylaş uçun navbatda turgan bolalar bölmagan taqdirda, pullik xizmat körsatiş şaklida 2 yoşdan 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun guruhlar faoliyatini yölga qöyişga ruxsat etilgan.
Agar uşbu boğçada maktabgaça ta’lim yoşidagi bolalar navbati şakllansa, pullik xizmat körsatiş şaklida 2 yoşdan 3 yoşgaça bölgan bolalar uçun taşkil etilgan guruhlar faoliyati töxtatilib, maktabgaça ta’lim yoşidagi 3-6 yoşli bolalar uçun guruhlar şakllantiriladi.
Jamoatçilik va faollar orasida boğça yoşini 2 yoş deb belgilaş böyiça mulohazalar köpaymoqda. Jamoatçilik fikri va ota-onalar bilan ötkazilgan sörovnoma natijalarini inobatga olgan holda, umumiy turdagi boğçalarga qabul qilinadigan bolalarning yoşiga bölgan talabni qayta körib çiqiş böyiça tahliliy ma’lumotlar va takliflar tayyorlanmoqda.












