15 iyul kuni videoselektor rejimida ötkazilgan yiğilişda prokuratura organlari, şu jumladan, huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va majburiy ijro byurosi xodimlari iştirok etgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Hay’at majlisida Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev ma’ruza qilib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya talablarining töliq va qat’iy bajarilişini ta’minlaş prokuratura organlarining birinçi navbatdagi ustuvor vazifasi ekanligini alohida ta’kidlagan.
Qayd etilişiça, insonning huquq va erkinliklari qonunlar va davlat organlari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaşi haqidagi konstitutsiyaviy qoida prokuratura organlari faoliyatini taşkil etişning eng asosiy tamoyiliga aylanadi.
Yiğilişda barça sohalarda nazorat faoliyatini amalga oşirişda, eng avvalo, Konstitutsiyaning davlat organlari va taşkilotlari, şu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatida töğridan töğri va sözsiz qöllanişini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratiş zarurligi uqtirilgan.

“Şu bilan birga, Konstitutsiya normalarini tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv va dastlabki tergov faoliyatida qöllaşning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, bu faoliyatni amalga oşirişda inson huquq va erkinliklari, şaxsiy va oilaviy siri, uy-joy va mol-mulki daxlsizligini qat’iy ta’minlaş, ulardan mahrum qiliş yoki çeklaşga faqatgina qonuniy asoslarga köra va sudning qaroriga asosan yöl qöyilişi har bir xodim e’tiboriga yetkazildi.
Şaxsni asossiz uşlaş, qamoqqa oliş, javobgarlikka noqonuniy tortiş, qiynoq va boşqaça tarzdagi tazyiq holatlariga yöl qöymaslikning zarur çoralarini köriş, bunday qonunbuzilişlarga nisbatan keskin munosabat bildirib boriş barça darajadagi prokurorlarning doimiy e’tiborida bölişi qayd etildi.
Umuman, fuqarolar va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, inson huquqlariga sözsiz rioya etilişini ta’minlaş, Konstitutsiya va qonunlarni muhofaza qiliş borasida prokuratura organlari faoliyatida bundan keyin keskin özgarişlar bölişi zarurligi belgilandi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Hay’at yiğilişida prokuratura organlarining 2023 yil I yarim yillik faoliyat yakunlari haqida alohida söz yuritilgan. Ta’kidlanişiça, prokuratura organlari tomonidan ötgan yarim yilda aniqlangan qonun buziliş holatlari 91 mingdan ortiq nazorat hujjatlarini qöllaş orqali bartaraf etilgan, 225 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan.
Prokuror tekşirişlari va dastlabki tergov davomida aybdor şaxslardan fuqarolarga va davlat manfaatlariga yetkazilgan 1,3 trln sömlik zararning undirilişi ta’minlangan. Nazorat faoliyati bilan birgalikda bevosita prokurorlar sa’y-harakati bilan qisqa muddatda 120 mingdan ortiq ehtiyojmand oilaga har tomonlama kömak berilgan, qariyb 157 ming nafar işsiz fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga oid çoralar doirasida 19 316 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangan, qariyb 18 ming nafarining muammolarini bartaraf etişda kömaklaşilgan, natijada 12 469 ta yangi iş örni yaratilişiga erişilgan.
Prokurorlar kömagi bilan dolzarb yönalişlarda, jumladan quriliş, yoqilği-energetika, ekologiya sohalarida taşkil etilgan yangi tuzilmalar faoliyati ham hay’at tomonidan muhokama qilingan. Qayd etilişiça, prokuror nazorati tadbirlari ölaroq, davlat dasturlariga kiritilgan 6 003 ta obektni öz muddatida foydalanişga topşirilişi, 1,4 trln söm mablağlar tejalişi, 27,5 mlrd sömlik budjet pullari talon-toroj qilinişining oldi olinişi ta’minlangan.
Yoqilği-energetika sohasida qonuniylikni ta’minlaş maqsadida ötkazilgan 113 mingta reyd tadbirlari davomida, 31 mingdan ortiq noqonuniy holatlar foş etilib, 327 mlrd söm zarar undirilgan.











