Özbekiston elçisi Otabek Akbarov Lombardiya hududi soğliqni saqlaş sohasida ilğor zamonaviy tajribaga egaligini qayd etgan holda, Özbekiston uçun Italiya tajribasini joriy qiliş muhimligini bildirdi.
Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov öz çiqişida Özbekiston tibbiyot, tibbiy ta’lim va farmatsevtika sohalarida Italiya tajribasini joriy etiş maqsadida bir qator muhim takliflar, jumladan ikki mamlakat soha vakillari, yetakçi kompaniyalari iştirokida Özbekistonda tibbiyot va farmatsevtika sanoati forumini taşkil etiş taşabbusini bildirdi.
Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri mamlakatdagi mavjud soğliqni saqlaş tizimini yanada rivojlantiriş böyiça tegişli uçraşuv va muzokaralar ötkaziş maqsadida Lombardiya delegatsiyasini taşrif bilan kelişga taklif qildi.
Lombardiya soğliqni saqlaş hududiy maslahatçisi Gvido Bertolaso bildirilgan takliflarni qiziqiş bilan qabul qilib, Lombardiya ilğor tajribasini Özbekistonda joriy etiş böyiça özaro hamkorlik qilişga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Uçraşuv yakunida muhokama qilingan masalalar ijrosi böyiça «Yöl xarita»sini işlab çiqiş yuzasidan kelişuvga erişildi.











