Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Ta’minot va logistika xizmati” DUK tomonidan joriy yil 24 iyun kuni kompyuterlar xaridi uçun 5 ta lotda jami 94,7 mlrd sömlik tenderlar ötkazilgan.
Ularning ikkitasini bitta firma, yana ikkitasini esa bir odamga tegişli ikkita firma yutib olgan. Bir holatda esa tender ötkaziş şartlari buzilgan bölişi mumkin.

1-holat. 11,6 mlrd söm
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi maktablar uçun kompyuter va boşqa texnik vositalar xarid qiliş maqsadida 11 mlrd 880 mln söm boşlanğiç narx bilan tender ötkazilgan. Unda “IT Matrix” MÇJ ğolib deb topilgan va u bilan 11 mlrd 650 mln sömlik şartnoma imzolangan.
Bu mablağ evaziga yuqoridagi hududlarga öqituvçi va öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari uçun 138 dona hamda öquvçilar uçun 1035 dona kompyuter, 69 dona printer va boşqa texnik vositalar yetkazib beriş közda tutilgan.
“IT Matrix” MÇJ 2018 yil davlat röyxatidan ötkazilgan. Faoliyat turi – yoğoç, quriliş materiallari va sanitariya-texnik uskunalar ulgurji savdosi. Ta’sisçisi – Ziyod Usmonov.


2-holat. 22,2 mlrd söm
Toşkent şahri, Toşkent, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlaridagi maktablar uçun kompyuter va boşqa texnik vositalar xarid qiliş maqsadida 22 mlrd 398 mln söm boşlanğiç narx bilan tender ötkazilgan. Tenderda “Rower Systems” MÇJ ğolib deb topilgan hamda u bilan 22 mlrd 295 mln sömlik şartnoma imzolangan.
Şartnomaga köra, ğolib firma uşbu mablağ evaziga yuqoridagi hududlarga öqituvçi va öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari uçun 260 dona hamda öquvçilar uçun 1950 dona kompyuter, 130 dona printer va boşqa texnik vositalar yetkazib beriş közda tutilgan.
“Rower Systems” MÇJ 2014 yilda davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga Otabek va Baxtiyor Abduvaliyevlar egalik qiladi. MÇJ texnika va uskunalar ulgurji savdosi bilan şuğullanadi.


3-holat. 19,8 mlrd söm
19 mlrd 986 mln söm boşlanğiç narx bilan Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi maktablar uçun kompyuter va boşqa texnik vositalar xarid qiliş maqsadida tender ötkazilgan. Uşbu tenderda ham “Rower Systems” MÇJ ğolib deb topilgan hamda u bilan 19 mlrd 894 mln sömlik şartnoma imzolangan.
Şartnomada körinişiça, uşbu mablağga öqituvçi va öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari uçun 232 dona hamda öquvçilar uçun 1740 dona kompyuter, 116 dona printer va boşqa texnik vositalar yetkazib beriş közda tutilgan.

4-holat. 18,7 mlrd söm
Buxoro, Navoiy hamda Samarqand viloyatlaridagi maktablar uçun kompyuter va boşqa texnik vositalar xarid qiliş maqsadida 19 mlrd 124 mln söm boşlanğiç narx bilan tender ötkazilgan. Unda “Stand Komputers” MÇJ ğolib deb topilgan hamda u bilan 18 mlrd 742 mln sömlik şartnoma imzolangan.
Şartnomaga köra, ğolib firma uşbu mablağ evaziga yuqoridagi hududlarga öqituvçi va öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari uçun 222 dona hamda öquvçilar uçun 1665 dona kompyuter, 111 dona printer va boşqa texnik vositalar yetkazib beriş közda tutilgan.

5-holat. 22,1 mlrd söm
Andijon, Namangan hamda Farğona viloyatlaridagi maktablar uçun kompyuter va boşqa texnik vositalar xarid qiliş maqsadida 22 mlrd 570 mln söm boşlanğiç narx bilan tender ötkazilgan. Tenderda “Stand Trade” MÇJ ğolib deb topilgan hamda u bilan 22 mlrd 119 mln sömlik şartnoma imzolangan.
Uşbu mablağ evaziga yuqoridagi hududlarga öqituvçi va öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari uçun 262 dona hamda öquvçilar uçun 1965 dona kompyuter, 131 dona printer va boşqa texnik vositalar yetkazib beriş közda tutilgan.

Yuqoridagi ikkita MÇJ – “Stand Komputers” va “Stand Trade”ga Abdihomid Valiyev egalik qiladi.


4-holat böyiça ötkazilgan tenderda “Stand Komputers” MÇJga, 5-holat böyiça ötkazilgan tenderda esa “Stand Trade” MÇJga bitta firma – “Buld Project Special” MÇJ “raqiblik” qilgan.
E’tiborlisi, har ikki lotda ğolib firmalarga yagona raqib bölgan “Buld Project Special” MÇJning manzili, telefon raqami hamda elektron poçtasi 7 iyul kuniga qadar “Stand Komputers” MÇJniki bilan bir xil bölgan. 18 iyul holatida esa uşbu ma’lumotlarga özgartiriş kiritib qöyilganini köriş mumkin. Bu mazkur tenderlarda soğlom raqobat bölmagan, raqiblik sun’iy uyuştirilgan, degan şubhani yuzaga keltiradi.


“Ta’minot va logistika xizmati” DUK tomonidan ötkazilayotgan tenderlar doim şubhali bölmoqda: “Prezident sovğasi” uçun ötkazilgan tenderda ğolib firmalar bilan milliardlab söm qimmat narxda şartnoma imzolangan bölsa, yana bir holatda sport buyumlari böyiça tender ğolibligini “qandolatçi”, ryukzaklar böyiça esa “çinniçi” qölga kiritgandi. Ammo na vazirlik, na Antimonopol qömitasi va na Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bu holatlarga hozirça munosabat bildirgani yöq.











