Keyingi paytlarda “Ta’minot va logistika xizmati” DUK tomonidan ötkazilayotgan tenderlar ançagina şubhali bölmoqda. Negaki, milliardlab sömlik tenderlarni faoliyat turi xarid qilinayotgan mahsulotga mos kelmaydigan tadbirkorlik sub’yektlari yutib ketyapti. Qolaversa, ayrim hollarda arzon narx taklif qilgan korxona qolib, qimmat narx aytgan korxona ğolib deb topilib, ular bilan şartnomalar qilinmoqda.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining ta’minot xizmati oldinroq öquv qurollari xaridi uçun 12 ta tender ötkazgan hamda ularning 4 tasini yoğoç va quriliş materiallari ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi firma, bittasini faoliyat turi avtomaşinalarni yuviş bölgan firma yutib olgandi. Kun.uz hisob-kitoblariga köra, öşanda ğolib firmalar bilan 13,5 mlrd söm qimmat narxlarda şartnoma imzolangan.
3 may kuni sport anjomlari (töplar) xaridi uçun ötkazilgan tenderlarda ham bu kabi holat kuzatildi: 5 ta lotning ikkitasida faoliyat turi non, xamirdan qandolat mahsulotlari, tort va piroj işlab çiqariş bölgan MÇJ ğolib deb topilgan.

1-holat: 7 mlrd 444 mln söm
Orolböyi hududidagi maktablar uçun sport anjomlari – har biri 12 630 donadan futbol, voleybol, basketbol, gandbol töplari va 2526 ta sekundomer xarid qiliş maqsadida 7 mlrd 754 mln söm boşlanğiç summa bilan tanlov e’lon qilingan.
Tanlovda “Köxna Diyor” MÇJ ğolib deb topilgan va u bilan 7 mlrd 444 mln 687 ming sömga şartnoma imzolangan.

Reyestrga köra, “Köxna Diyor” MÇJ non, xamirdan qandolat mahsulotlari, tort va pirog işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Andijon viloyatining Baliqçi tumanida davlat röyxatidan ötkazilgan korxona rahbari – Şohakbar Rustamov.
2-holat: 14 mlrd 305 mln söm
Farğona, Namangan va Andijon viloyatidagi maktablar uçun sport anjomlari – har biri 24 270 donadan futbol, voleybol, basketbol, gandbol töplari va 4854 dona sekundomer xarid qiliş maqsadida 14 mlrd 901 mln söm boşlanğiç summa bilan tanlov e’lon qilingan.




















