Prezident qarori bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga (vaqtinçalik imtiyozlar) qöşimça kiritildi.
Unga köra, 2026 yil 1 yanvargaça Özbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bölinmalari, «Özbekiston professional futbol ligasi» jamoat birlaşmasi, Özbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari:
- barça turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
- özi jalb qilgan çet el mutaxassislari va futbolçilarining daromadlaridan tölanadigan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini;
- Özbekistonga olib kiriladigan, Özbekistonda öxşaşi işlab çiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translatsiya qiliş uçun zarur bölgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uçun sun’iy ötlar, şokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boşlari, transport vositalari, şu jumladan maxsus transport vositalari uçun qöşilgan qiymat soliğini tölamaydi.
Köpçilik tomonidan yangilik sifatida qabul qilinayotgan bölsa-da, bu imtiyoz aslida avvaldan mavjud bölib, oxirgisi 2018 yil 16 martdagi 3610-sonli prezident qarorining 10-bandiga köra işlab kelayotgandi. Yangi qaror faqat imtiyoz muddatini 2026 yilgaça çözdi, xolos.
Ha, yana bir özgariş bor – yangi qarorda jalb etilgan çet ellik mutaxassislar bilan birgalikda futbolçilar (çet ellik) ham qöşilgan, avvalgi qarorda faqat çet ellik mutaxassislar daromad soliğidan ozod qilingandi.
Bundan taşqari, avvalgi qarorda har qanday yuridik korxonaning foyda soliğini hisoblaşda futbol uçun sarflangan homiylik mablağlari umumiy foydaning 10 foizidan köp bölmagan miqdorda uşbu soliqdan ozod qilinardi. Yangi qarorda bu qism ham olib taşlandi.
Bu mavzuda turli fikrlar bildirilmoqda. Umuman, futbolni rivojlantiriş, futbolga munosabatning umumiy qoidasi bölmaydi, arablar köngilxuşlik uçun milliardlarni sarflaşi, AQŞ daromad manbayi sifatida qarab foyda olişga harakat qilişi, Yevropa esa butun dunyo kuzatadigan sport musobaqasiga aylantirib, millionlab pul aylantirişi mumkin. Yöllari köp.
Aynan biz uçun qaysi yönaliş töğri kelişi, aslida futbol uçun imtiyozlarni qöllaş haşamatiga egamizmi, bu savollarni keyingi maqolaga qoldirib, boşqa jihatga e’tiboringizni qaratmoqçiman: futbol imtiyozlari özi futbolga berilmoqdami? Futbolga qaratilgan imtiyozlar rostanam futbolga qaratilişi, bu qaror yordamida turli lazeykalar paydo bölmasligi uçun nimalarga e’tibor berilişi kerak?
Yuqoridagi berilgan 3-band böyiça e’tiroz yöq. Agar klub öz ehtiyoji uçun turli inventarlar, uskunalar, sport oziq-ovqatlari va hokazolar olib kelganida QQS tölaşdan ozod qilinsa, rostan ham futbol klubiga yordam böladi. Bu yerda olib kelinadigan uşbu tovarlar sotiş uçun emas, aynan klub ehtiyoji uçun bölişiga alohida e’tibor qaratiş lozim. Buning uçun qandaydir çegaralar belgilanişi, aytaylik, sanalgan tovar turlarini olib kelib, sotiş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar futbol klublari orqali import qilişiga yöl oçib bermaslik kerak.
2-band çet ellik işlovçilarning daromad soliğiga tegişli. Ha, klub bu holatda ularning maoşlarini şişirib, boşqa işlovçilar maoşlari uluşini yuklagan holda imtiyoz summasini köpaytirişga urinişi mumkin.
Masalan, çet ellik A futbolçining maoşi 100 million söm, mahalliy B va S futbolçilar mos ravişda 60 va 50 million söm oladi deylik. Klub hisobçisi bölsam nima qilaman? Çet ellik futbolçiga 200 million, mahalliy ikki futbolçiga 5 million sömdan maoş yoziladi va mahalliy futbolçi maoşining qolgan qismi çet ellik futbolçidan olib beriladi. Maoşlar töğri körsatilganda, imtiyoz summasi 12 million, ikkinçi holatda 24 millionni taşkil qilmoqda. Tölanadigan daromad soliği birinçi variantda 13,2 million, ikkinçisida 1,2 millionni taşkil qilyapti.
Bunday lazeykalarni çetlab ötiş uçun maoşlar çegarasini joriy qiliş şart. Busiz imtiyozning bu bandi közda tutilgandek işlamaydi. Tizim şaklida köp narsa allaqaçon yölga qöyilgan Yevropada ham maoşlarning yuqori çegarasi tizimi işlaydi. Şuning uçun ham, masalan, Messining «Barselona» bilan yangi şartnoma tuzişi imkonsiz bölib qoldi. U yerda klublar daromadi tuşib ketişi va özgarişsiz maoşlar natijasida oğriqli oqibatlar paydo bölişining oldini oliş, klublarni inqirozdan saqlab qoliş uçun bu tizim kiritilgan bölsa, bizda berilgan imtiyozlardan «tuynuk» sifatida foydalanilişidan ehtiyot bölişga töğri keladi.
Köproq e’tibor qaratilişi lozim bölgan qism 1-band bilan boğliqdir. Futbol klublari barça turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) tölaşdan ozod etiladi.
Bu yerda e’tibor berilişi lozim bölgan muhim jihat bor. Futbol klublari futboldan taşqari ham faoliyat bilan şuğullanişi mumkin – işlab çiqariş sexlari, ijaraga beriş, hizmat körsatiş va hokazo faoliyatlar bilan şuğullansa, bu yönalişda olingan daromadlar ham soliqdan ozoddir. Bu nima degani?
Şu deganiki, mavjud tayyor tadbirkorlik faoliyatlarini futbol klubiga biriktiriş orqali, kimdir bemalol biznesdagi soliq yukini kamaytira oladi. Yoki masalan, mol-mulk va yer soliğiga tortilişi lozim bölgan biror obekt futbol klubi balansiga ötkazilişi va ijara asosida avvalgi faoliyatida davom etaverişi mumkin. Bunday holatlar futbolni rivojlantirişga, imtiyoz berilgan sohani oyoqqa turişiga yordam beradimi? Yöq, albatta.
Taklifim şundan iboratki, xöp, agar futbol uçun imtiyozlar berilişi lozim ekan, bu aynan futbol daromadlariga qaratilişi kerak. Bir futbol klubi qanday şakldagi daromadlarni olişi mumkin?
- Çiptalar savdosi;
- Futbolçilarni transfer qilişdan daromadlar;
- Translatsiya huquqini sotiş, reklama şartnomalari kabi daromadlar;
- Jamoaga tegişli turli atributkalar, futbol kiyimlari va hokazolarni sotiş orqali daromad.
Foyda soliği bazasi hisoblanayotganda, faqat mana şu yönalişdagi daromadlar çegirib taşlansin, boşqa daromadlar belgilangan şaklda soliqqa tortilaversin. Mol-mulk yo yer soliğidan imtiyoz deyilganda, faqat klub balansidagi futbol stadioni, bazasi, maşğulot maydonlari uşbu soliq bazasidan çegirib taşlansa-da, aytaylik, boşqa yönalişdagi faoliyat olib boriladigan sex yoki klub ixtiyorida mavjud bölib, boşqa tadbirkorlarga ijaraga berib qöygan obektlar belgilangan şaklda soliqqa tortilaverişi kerak. Avvalgi qarorda mavjud bölgan imtiyoz – yuridik şaxslarning futbolga berilgan homiylik mablağlari foyda soliğidan ozod qilingani bu safar bekor qilinibdimi, demak, mantiqan olganda, futbol klublarining ham futboldan taşqari faoliyatdan olgan daromadi ham imtiyozdan taşqarida bölişi töğri böladi.
Qisqaça aytganda, futbol klublariga vaqtinça soliqdan imtiyoz berişdan asosiy maqsad, uni moliyaviy tomondan rivojlantiriş, kelajakda özi oyoqqa tura oladigan sohaga aylantiriş, aks holda imtiyozlar vaqtinça berilmasdi, töğrimi? Şunday ekan, futbolning taraqqiyoti deganda milliy jamoamiz jahon çempionatiga çiqişi, futbolçilarimiz Yevropa klublarida öynay oladigan darajada ösişi emas, aynan futbol sohasidagi birlaşma, taşkilotlarning moliyaviy tomondan özini eplab, oqibatda, imtiyozlarga muhtoj bölmaydigan darajaga kelişini tuşunişimiz kerak. Bu holda asosiy urğu futbol klublarining aynan futbol faoliyati, gap soliqlar haqida ketar ekan, aynan futbol faoliyatidagi daromadlari, futbolga tegişli soliq obektlari e’tiborga olinişi mantiqan eng töğri yöldir.
Aks holda, nafaqat futbolga berilgan imtiyoz nomaqsad yönalişga ketib qolişi, balki, boşqa biznes sohalaridagi raqobatçilikka ham salbiy ta’sirini körsatişi mumkin. Bir korxona qonuniy şaklda ma’lum faoliyat bilan şuğullanib, barça soliqlarni tölasa-yu, boşqa bir tadbirkor aynan uşbu faoliyatni futbol klubi orqali amalga oşirib, imtiyozlarga ega bölsa, buni futbolga berilgan imtiyoz deb baholaş qiyin.
Şunday tuzatişlar, boşqaça aytganda, aniqlaştirişlar orqali, ham budjet tuşumlari talafotini kamaytiriş, ham futbol rivojlantirilişiga qaratilgan imtiyozlarning imkon qadar maqsadli qöllanişini ta’minlaş mumkin.
Qahramon Aslanov












