Şimoliy Koreya Yapon dengiziga ikkita qisqa masofali ballistik raketa uçirdi. Bu haqda 19 iyul, çorşanba kuni Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

Janubiy Koreya qurolli kuçlari ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi ma’lum qilişiça, uçiriş 19 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:30 dan 03:46 gaça (Toşkent vaqti bilan 18 iyul, 23:30-23:46) Pxenyan yaqinidagi Sunandan amalga oşirilgan, raketalar taxminan 550 km masofani bosib ötgan, şundan keyin ular dengizga qulagan. 

Qömita bu harakatni nafaqat Koreya yarimorolida, balki xalqaro hamjamiyatda tinçlikka putur yetkazuvçi «provokatsiya harakatlari» va BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalarining «oçiq-oydin» buzilişi sifatida qoraladi. Koreya Respublikasi qurolli kuçlari «Şimoliy Koreyaning har qanday provokatsiyasiga» javob qaytariş uçun «kuçli jangovar şaylikni» saqlab qoladi», deya ma’lum qildi Seul. 

Uçiriş 18 iyul kuni Seulda Janubiy Koreya va Qöşma Ştatlar qöşma yadroviy maslahat guruhining birinçi yiğilişini ötkazganidan söng amalga oşirildi, deya xabar beradi Yonhap.