Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, yiğilişda konçilik, elektrotexnika, qişloq xöjaligi, gidroenergetika, quriliş materiallari işlab çiqariş, bank sohasida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş muhokama qilindi. Tomonlar mamlakatlar örtasidagi hamkorlikning barça yönalişlari böyiça özaro munosabatlarni oşirişga tayyor ekanini bildirdi.
Hukumatlararo komissiya yiğilişi doirasida delegatsiyalar rahbarlarining tor doiradagi uçraşuvi bölib ötdi. Unda Laziz Qudratov va Yozef Sikel qator sohalarda hamkorlik salohiyatidan töliq foydalanişni muhokama qildi. Konstruktiv fikr almaşiş hamkorlikni faollaştiriş tarmoqlarini aniqlaş, erişilgan kelişuvlarni monitoring va nazorat qiliş aniq mexanizmlarini işlab çiqiş imkonini berdi.
Tadbir yakunlari böyiça yiğiliş yakuniy bayonnomasi, şuningdek, Özbekiston va Çexiya örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş böyiça qöşma «Yöl xaritasi» imzolandi.












