Unda Özbekistonga xorijiy investitsiya va ilğor innovatsion texnologiyalarni jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.
3rd Curve Healthcare kompaniyasi rahbari tibbiyot muassasasi quriş, xalqaro standartlarga javob beradigan tibbiyot kadrlarini tayyorlaş bazasini yaratiş orqali Özbekiston soğliqni saqlaş sohasiga sarmoya kiritişga qiziqiş bildirdi. Şadi Şalaxtining aytişiça, uşbu loyihalar nafaqat Özbekiston aholisiga xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni oliş, balki mamlakatni Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik tibbiy markazga aylantiriş uçun ham şaroit yaratadi.
Bölib ötgan muzokaralar söngida 3rd Curve Healthcare kompaniyasi rahbariyatining Özbekistonga biznes missiyasini taşkil etiş, taşrif davomida Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa taşkilot hamda idoralar rahbarlari bilan uçraşib, sarmoyaviy loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qiliş böyiça kelişib olindi.












