Iroq poytaxti Bağdodda yuzlab namoyişçilar Şvetsiya elçixonasi hududiga bostirib kirib, unga öt qöydi. 

Avvalroq, Şvetsiya poytaxti Stokholmda namoyişçilar Iroq elçixonasi oldida mamlakat bayroği va Qur’onni yoqib yubormoqçi ekani haqida xabar berilgan edi. Bunga javoban Şvetsiyaning Bağdoddagi elçixonasi oldida norozilik namoyişi boşlandi. 

OAV xabarlariga köra, aksiyada yuzlab odamlar iştirok etgan. Namoyişçilar elçixonaga bostirib kirib, öt qöyişgan. Iroq politsiyasi namoyişçilarni tarqatib yuboriş uçun suv purkagiçlar va elektroşokerdan foydalangan. 

Şvetsiya Taşqi işlar vazirligi Iroq poytaxtidagi elçixona xodimlari xavfsiz joyda ekani haqida xabar berdi. Vazirlik matbuot xizmati, şuningdek, Iroq rasmiylari diplomatik vakolatxonalar va ularning xodimlari xavfsizligi va himoyasini ta’minlaş uçun mas’ul ekanini ta’kidladi. 

Iroq Taşqi işlar vazirligi ham Şvetsiyaning Bağdoddagi elçixonasiga uyuştirilgan hujumni va namoyişçilarning harakatlarini qoraladi. Idoraning bildirişiça, xavfsizlik kuçlariga hujum bilan boğliq holatlarni örganiş, jinoyatçilarni aniqlaş va ularni javobgarlikka tortiş böyiça körsatma berilgan. 

Bu Bağdoddagi Şvetsiya diplomatik missiyasi binosiga birinçi hujum emas. Iyun oyida ham bir neça namoyişçilar elçixona darvozalarini buzib, hovliga bostirib kirişga muvaffaq bölişgan edi. 

Yanvar oyi boşida Şvetsiyadagi Turkiya elçixonasi oldidagi namoyişda Qur’on yoqib yuborildi. Yuzga yaqin odam iştirokidagi aksiya islom olamida noroziliklarga sabab böldi va Şvetsiya bilan Turkiya örtasidagi munosabatlarni yomonlaştirdi. Qur’onning tahqirlanişi xalqaro taşkilotlar, jumladan, BMT tomonidan qoralangan edi.