Stokholmdagi Iroq elçixonasi yaqinida ikki namoyişçi Qur’onni oyoq osti qilib, uni yoqib yuborişga uringan aksiya musulmon mamlakatlarida norozilik tölqiniga sabab böldi.
Şu tariqa, Saudiya Arabistoni 20 iyul, payşanba kuni Şvetsiyaning Ar-Riyoddagi muvaqqat işlar vakilini çaqirib, unga «Qur’on tahqirlangani» uçun norozilik notasini topşirdi, deyiladi Saudiya Taşqi işlar vazirligi bayonotida. Qatar va Eron rasmiylari ham Şvetsiya elçilariga norozilik bildirgan, Turkiya Taşqi işlar vazirligi musulmonlarning muqaddas kitobiga qilingan jirkanç hujumni «qat’iy qoralaşini» aytgan. «Biz Şvetsiyadan islomga va milliardlab dindorlarga qarşi şu kabi nafrat jinoyatlarining oldini oliş çoralarini körişini kutamiz», — deya ma’lum qildi Turkiya Taşqi işlar vazirligi.
Şvetsiya matbuotiga köra, aksiya iştirokçilaridan biri Qur’on nusxasini oyoq osti qilgan, söng yiğilgan odamlar va kameralardan yuz ögirib, boşqa iştirokçi bilan birgalikda kitobga öt qöymoqçi bölgan, biroq u yonib ketmagan. Şu munosabat bilan Iroq hukumati Stokholmdagi muvaqqat işlar vakilini çaqirib oldi, şuningdek, Şvetsiya elçisi Jyessika Svardstryomni mamlakatdan çiqarib yuboriş qarorini e’lon qildi.
Livanda «Hizbulloh» guruhi arab va islom davlatlarini Bağdoddan örnak olib, Şvetsiya elçilarini çiqarib yuboriş va öz muvaqqat vakillarini Stokholmdan olib çiqişga çaqirdi.
Iroq poytaxti Bağdodda Stokholmda Qur’on yoqib yuborilişi haqida e’lon qilingan aksiya arafasida yuzlab namoyişçilar Şvetsiya elçixonasi binosiga bostirib kirib, uni yoqib yubordi. Iroq politsiyasi olomonni tarqatiş uçun suv purkagiçlar va elektroşokerlardan foydalangan.
Iroq va Şvetsiya Taşqi işlar vazirliklari diplomatik missiya binosiga uyuştirilgan hujumni qoraladi. Voqea Britaniya rasmiylari tomonidan ham keskin qoralangan. London Bağdod hukumatining aybdorlarni javobgarlikka tortiş niyatini olqişlaşini ta’kidladi.












