Ukrainaga kelasi tört yil davomida harbiy yordam körsatiş jamğarmasini yaratiş taklifi 20 iyul, payşanba kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar böyiça kengaşi tomonidan muhokama qilindi. YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel yiğiliş iştirokçilarini tegişli loyiha bilan taniştirdi. Endi rasmiy ravişda ma’lumki, Yevropa tinçlik jamğarmasining (YeTJ) bir qismini Kiyevga har yili mudofaa ehtiyojlari uçun 5 milliard yevrogaça ajratiş maqsadida yönaltiriş taklif qilinmoqda.
Matbuot anjumanida Borrel Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari özaro fikr almaşganini va bu masala yozgi ta’tildan keyin – avgust oyi oxirida Ispaniyaning Toledo şahrida bölib ötadigan norasmiy vazirlar uçraşuvida batafsil muhokama qilinişini aytdi. Yangi dasturning maqsadi «YeI mavjud yordamini - Ukraina xavfsizligi va mustahkamligini ta’minlaş, xususan, harbiy yordam va tayyorgarlik sohasida uzoq muddatli va işonçli majburiyatlarga aylantiriş».
Qurolli mojaro kuçayib borayotgani munosabati bilan Kiyev ham harbiy yordamga muhtoj, dedi Jozep Borrel. «Rossiya Ukraina dengiz portlarini blokadaga tuşirib, bombardimon qilmoqda va Qora dengizda navigatsiya erkinligiga heç qanday sababsiz tösqinlik qilmoqda. Rossiya Ukraina ğallasi eksportiga noqonuniy ravişda tösqinlik qilmoqda, Ukraina dalalarini vayron qilmoqda va Ukraina qişloq xöjaligi mahsulotlarini talon-toroj etmoqda. Rossiya bergan bayonotlariga qaramay, yaxşi pul işlamoqda va endi «ğalla bitimi» hamda Ukraina portlaridagi ombor zaxiralari yöq qilingani tufayli öğitlar narxi kötarilib, unga yanada köproq foyda keltiradi», dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
U Rossiya «hatto Ukrainadagi noqonuniy qon tökilişini qoralaş borasida ikkilanayotgan mamlakatlardagi odamlarga qarşi» qurol sifatida oçlikni tanlayotgani sababli dunyo texnogen oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duç kelayotganini yana bir bor ta’kidladi. Borrel xalqaro hamjamiyatni sodir bölayotgan voqealarga qat’iy javob berişga çaqirdi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari taşqi işlar vazirlari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning «tinçlik formulasi»ni va bu jarayonda Kiyevning yetakçi rolini qöllab-quvvatlaşini tasdiqladi.













