AQŞ prezidenti Jo Bayden tarixda ilk bor AQŞ harbiy-dengiz floti ştab boşliği lavozimiga ayol admiral Liza Franketti nomzodini ilgari surdi. Oq uy tegişli press-relizni 21 iyul, juma kuni e’lon qildi. Franketti nomzodi hali AQŞ Senati tomonidan tasdiqlanişi kerak. 

Franketti hozir AQŞ harbiy-dengiz floti boşliğining operatsiyalar böyiça örinbosari. Ilgari u Örta Yer dengizidagi AQŞning 6-flotiga va Koreyadagi ikkita aviataşuvçi hujum guruhiga qömondonlik qilgan va Amerika Qöşma Ştatlari armiyasi ştab boşliqlari birlaşgan qömitasining strategiya, rejalar va siyosat böyiça direktori lavozimida işlagan. Franketti nomzodini e’lon qilar ekan, Bayden uning armiyadagi 38 yillik tajribasini ta’kidladi. 

Frankettidan taşqari AQŞ prezidenti dengiz flotining operatsiyalar böyiça boşliği örinbosari lavozimiga vitse-admiral Jyeyms Kilbini, Hind-Tinç okeani qömondonligi rahbari lavozimiga esa admiral Samuel Paparoni taklif qildi. Ilgari Paparo AQŞ HDF ştab boşliği lavozimiga eng ehtimoliy nomzod deb hisoblangan. AQŞ harbiy-dengiz flotining amaldagi qömondoni admiral Mayk Gildey iste’foga çiqadi. 

Admiral Liza Frankettining Senatda AQŞ HDF qömondoni lavozimiga nomzodi keçiktirilişi mumkin, deb yozadi CNN. Respublikaçi senator Tommi Tubervil bir neça oy davomida AQŞ Mudofaa vazirligining reproduktiv salomatlik siyosatiga norozilik sifatida Pentagonning bir neça yuqori mansabdor şaxslarini tayinlaşga tösqinlik qilmoqda.

Jo Bayden Tubervilning pozitsiyasini qoralab, uni «nafaqat notöğri, balki xavfli» deb atadi. «Amerika xalqi harbiylarimiz va ularning oilalari yonida, - dedi prezident. - Men Senatdan muhim harbiy tayinlovlarni imkon qadar tezroq tasdiqlaşni sörayman». 

2022 yilda Bayden admiral Linda Feganni Qöşma Ştatlar Sohilni qöriqlaş xizmati boşliği etib tayinladi. Biroq, Sohilni qöriqlaş xizmati Mudofaa vazirligiga emas, balki AQŞ Içki işlar vazirligiga tegişli.