Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Vladimir Gavrilovning ma’lum qilişiça, AQŞning moddiy-texnik yordam sohasidagi inspeksiyasi Amerika tomonidan Ukrainaning qurol-yaroğ va harbiy texnika hisobiga heç qanday e’tiroz yöqligini bildirgan.
«Artilleriya, öq-dorilar, murakkab havo hujumidan mudofaa tizimlari, zirhli maşinalar - barçasi Ukrainada hisobga olinadi. Ötgan yili barça qurol-yaroğ va harbiy texnikani hisobga oliş va logistika orqali ötkazişning avtomatlaştirilgan tizimi joriy etildi. Hamkorlar yordamida LOGFAS va «Karavay» dasturlari işga tuşirildi, u harbiy texnikani QR-kod bilan kuzatib boriş imkonini beradi», deya Gavrilovning sözlaridan iqtibos keltirgan Ukraina Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
CNN Pentagon boş inspektorining 2022 yil 6 oktyabrdagi hisobotiga tayanib, Ukrainada uruşning dastlabki oylarida ğarb qurollarini öğirlaş holatlari bölganini, ammo keyinçalik ular Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan topilib, olib qöyilganini xabar qildi.
AQŞ Mudofaa vazirligi hujjatida, şuningdek, qurol-yaroğ ta’minotini joylarda kuzatiş bilan boğliq muammolar haqida söz boradi.












