L’Equipe naşri xabariga köra, fransiyalik hujumçi Parij klubining Yaponiyadagi turnega yöl oladigan tarkib röyxatidan öçirilgan. Kilianga bu haqda «Gavr» bilan bahsdan keyin ma’lum qilingan.

Qayd etilişiça, Parij klubi rahbariyati 24 yoşli hujumçining 2024 yil erkin agent sifatida «Real»ga ötiş böyiça Madrid klubi bilan kelişuvi borligidan xabar topgan. 

«PSJ» Mbappeni sotqinlik qildi, deb hisoblamoqda: forvard jamoani tekinga tark etmaslikka va’da bergan, ammo va’dasida turmadi. Klub jamoada faqatgina «sodiqlar» qolişini ma’lum qilgan.

Avvalroq, «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi Mbappega ikki hafta vaqt berib, şartnomani uzaytiriş yoki klub uni transferga qöyişi böyiça talab qöygani xabar qilingandi.