Toşkent viloyati, Olmaliq şahrida yaşirin «narkolaboratoriya» taşkil qilgan şaxslar uşlandi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 40 yoşli fuqaro gumonlanib, tekşirilganda yonida 0,36 gramm «mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Şundan söng, tezkor tadbir davom ettirilib, şaxsning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, turli hajmdagi idişlarda kimyoviy, ötkir hidli suyuqliklar, yarimtayyor va tayyor holdagi sintetik giyohvandlik vositalari hamda ularni tayyorlaşda foydalanilgan texnik vositalar topilgan.

Tadbir davomida uşbu vositalarni tayyorlaşda iştirok etgan 43 yoşli erkak va 21 yoşli ayol ham qölga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.