«Bu nişonlarning barçasi qonuniy, çunki bu Rossiyaning bizga qarşi kuraşiş qobiliyatini pasaytiradi va ukrainaliklarning hayotini saqlab qolişga yordam beradi», dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Ukraina köprikni butunlay vayron qilmoqçimi, degan savolga Reznikov duşman logistika liniyalarini yöq qilişni ularni köproq öq-dorilar, yoqilği va oziq-ovqat oliş imkoniyatidan mahrum qiliş uçun möljallangan «oddiy taktika» deb atadi.
«Şuning uçun biz ularga qarşi bu taktikani qöllaymiz», - deya qöşimça qildi Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari.
Kerç böğozi orqali ötgan köprikda navbatdagi portlaşlar 17 iyul kuni sodir böldi. OAV xabariga köra, hujumni Ukraina Xavfsizlik xizmati Ukraina dengiz floti bilan birgalikda uyuştirgan.













