23 iyul kuni Qirğizistonda mahalliy Qurolli Kuçlar Milliy gvardiyasi va Özbekiston Qurolli Kuçlari Milliy gvardiyasining maxsus va muhandislik bölinmalari hamkorligida qöşma taktik va öquv maşğulotlari boşlandi. Bu haqda Qirğiziston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, Kaktus.media xabar berdi. 

Maşğulotlar «Edelveys» harbiy qismi öquv markazida 2 avgustgaça davom etadi. 

«Hafta davomida harbiy xizmatçilar özbekistonlik hamkasblar bilan birgalikda maxsus kuçlar bölinmalarini tayyorlaş masalalarini işlab çiqadi. Rejaga köra, taktik-maxsus, öt öçiriş, toğ tayyorgarligi, aloqa tayyorgarligi böyiça qöşma maşğulotlar, şuningdek, muhandislik va sapyor bölinmalari uçun maxsus öquv maşğulotlari taşkil etiladi», deyiladi xabarda.