Ukraina harbiylari artilleriya otişmalari paytda Şimoliy Koreyada işlab çiqarilgan öq-dorilardan ham foydalanmoqda, deb yozadi Financial Times 29 iyul, şanba kuni Ukraina qurolli kuçlari rahbariyati va harbiy xizmatçilariga tayanib. 

FT jurnalistlari Baxmut hududida KXDRdan kelgan öq-dorilar qöllanganini qayd etgan. Şu bilan birga, artilleriyaçilar snaryadlarni tanqid qilib, jurnalistlarni otiş vaqtida «Grad» raketa moslamasidan uzoqroq turiş haqida ogohlantirdi, çunki snaryadlar «juda işonçsiz va ba’zida aqldan ozdiruvçi işlar qiladi», deb yozadi FT. 

Belgilarga köra, ular 1980-1990-yillarda işlab çiqarilgan. Ukraina harbiylarining ta’kidlaşiça, öq-dorilar köpinça notöğri işlaydi yoki portlamaydi, biroq ulardan snaryadlar yetişmasligi sababli hamon foydalanilyapti. 

Ukraina harbiylariga köra, snaryadlar Ukrainaga topşirilgunga qadar «döst» davlat tomonidan kemada «uşlab olingan». FT suhbatdoşlari bu haqda qöşimça ma’lumot berişdan boş tortgan.