Ispaniya çempionati startiga ikki hafta vaqt qolganida kataloniyaliklar yangi futbolçilari bilan Amerikaning Arlington şahrida madridliklarni tor-mor etdi.

Örtoqlik öyini
«Barselona» — «Real» — 3:0 (1:0)
Gollar: Dembele, 15 (1:0). Fermin Lopes, 85 (2:0). Ferran Torres, 90+1 (3:0).
Aniq ijro etilmagan penalti: Vinisius Junior, 20 (tösin).
«Barselona»: Ter Ştegen, Kristensen (Erik Garsiya, 29), Kunde, Arauxo (Ezzalzuli, 76), Balde (Dest, 76), Gundöğan (Serji Roberto, 42), Oriol Romeu (Ferran Torres, 76), F.de Yong (Alonso, 76), Pedri (Fermin Lopes, 66), Levandovski (Fati, 76), Dembele (Rafinya, 66).
«Real»: Kurtua, Alaba, Karvaxal, Eder Militao, Mendi (Fran Garsiya, 45), Valverde (Kroos, 58), Tşuameni, Kamavinga (Modriç, 58), Bellinghem (Xoselu, 73), Rodrigo (Braim Dias, 83), Vinisius Junior.

Vinisiusning yangi roli

«Real» va «Barselona» örtasida heç qaçon örtoqlik uçraşuvlari bölmagan va bölmaydi ham», — dedi Karlo Ançelotti ötgan yil Las-Vegasda keçgan klasikoni eslagan holda. Öşanda sovrinlarga çanqoq bölgan kataloniyaliklar fantastik mavsumdan keyin biroz xotirjamlikka berilgan madridliklarni mağlub etgan (1:0) va qon isini olgan jamoa yakunda çempionlikka erişgandi. Bu albatta, kök-anorranglilar muvaffaqiyatining asosiy omili emas, ammo abadiy qarama-qarşilikda arzimas jihatlar bölmaydi.

Mantiqan, bu safar «Qirollik klubi» bu öyinga qattiq taraddudlanib, jahldorroq bölişi kerak edi. Qolaversa, qaymoqranglilar jamoasida yangi davr boşlandi — jamoa endi Benzemasiz uddalaşi kerak. Ançelotti «Real» Kriştianu Ronaldu bilan xayrlaşganidan keyin qanday moslaşgan bölsa, bu yöqotişni ham şunday yengib ötişiga va’da qilmoqda. Endi — Azar qiyofasidagi «ölik yuk»dan xalos bölingaç — portugaliyalikka tegişli bölgan «yettilik» uni öz kumiri deb bilgan Vinisius Juniorga ötdi.

Uşbu braziliyalikning nafaqat öyin raqami, balki maydondagi roli ham özgardi. «Real» klassik 4-3-3 sxemasidan Ançelottining sevimli 4-4-2 sxemasiga ötmoqda. Benzemasiz va  Bellinghem qiyofasidagi yangi yarimhimoyaçi bilan uşbu qaror mantiqiy körinadi. Qolaversa, Rodrigo ham ötgan mavsumdayoq hujum markazida harakat qilgan va amalda qanotga boğlab qöyilmagandi. Endi Vinisius ham şu yölni bosib ötişi kerak.

Maydon markazida esa Bellinghem oldinga çiqarilgan romb hosil böladi. Şanba kuni bu romb Tşuameni, Valverde va Kamavinga bilan birgalikda taşkil etildi. Bunga esa katalonlarning Gundöğan va debyut öyinida tösinni nişonga olgan Oriol Romeu qiyofasidagi tajribali futbolçilari qarşi turişdi. 12 yil muqaddam, Xosep Gvardiola boşqaruvi vaqtida «Barsa»da debyut qilgan va Xavi bilan yaxşi aloqalarni saqlab qolgan 31 yoşli bu yarimhimoyaçi bilan şartnoma imzolaş bir qaraşda töğri qaror emasdek köringandi. Amalda esa Romeu özining aqlli öyini va mehnatkaşligi evaziga Frenki de Yong bilan juftlikda Busketsning örnini bilintirmasligi mumkin.

Debyutantdan nokaut

Ikki jamoa ham öyinni yuqori sur’atda olib bordi va muxlislar bu mavsumoldi öyinlari doirasidagi öyin ekanini unutişdi. Faqat murabbiylar kiçik jarohat xavfi yuzaga kelganida ham futbolçilarni almaştirişni afzal körişdi. Şu tufayli Kristensen, Gundöğan va Mendi birinçi bölimdayoq maydonni tark etişdi.

Ayni paytda öyinni haddan taşqari qöpol keçdi deyiş örinsiz. Futbolçilar şunçaki şiddat bilan harakat qilişdi. De Yong maydon markazida podkat qilganidagi kabi, bu harakatdan keyin ikki jamoa futbolçilari töplanib, munosabatlarga oydinlik kiritişga kirişib ketişdi. Ammo birinçi bölimdayoq tört bor sariq kartoçka körsatgan arbitr ortiqça hissiyotlarni tezda bostirdi. Futbol harorati esa söngani yöq va birinçi bölimgaça faqat bir gol urilgani biroz hayratlanarli ham.

Foto: SAM HODDE/GETTY IMAGES

OAVda «PSJ» ketişi haqida tinmay yozilayotgan va Pedrining aqlli uzatmasini darvoza uzoq burçagiga aniq joylagan Dembele yana gol urişi kerak edi. Ammo yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketgan fransuz hujumçisi Kurtua bilan duelni boy berdi. Ter Ştegenda ham ajoyib seyvlar böldi, masalan, Rodrigoning jarima zarbasidan keyin yuqori burçakka tuşayotgan töpni bartaraf etişga töğri keldi. Vinisiusning esa ikki zarbasi tösinga tegdi, birinçisi — penalti ijro etganida röy berdi.

«Barsa» tom ma’noda öz darvozasini sehrlab qöygandek edi. Ikkinçi bölimda Tşuamenining zarbasi tösinga tekkanida Ter Ştegen kinoya bilan jilmayib qöydi. Kroos va Modriç maydonga tuşganidan keyin «Real» taşabbus va töpni öziga olgandek körindi. Ançelotti avvalroq «MYu» darvozasiga qayçi uslubida gol urgan Xoseluni ham maydonga taşladi. Madrid 4-3-3 sxemasiga ötdi va Vinisius keng qanot böylab harakatlana boşladi.

Braziliyalik bir neça yuriş qilib, muxlislar olqişiga sazovor böldi, ammo hal qiluvçi vaziyatda yana bir bor tösinga zarba berdi. Bu bilan u şunday het-trik ham qiliş mumkinligini namoyiş etdi. Ammo bundan foyda — nolga teng. Xoselu esa qulay vaziyatda «ikkinçi qavat»dan xato zarba berdi. Ularga Fermin Lopes samaradorlikdan dars berdi.

«Barsa»ning 20 yoşli tarbiyalanuvçisi, ötgan mavsumda uçinçi divizion vakili «Linares»da öynagan uşbu futbolçi Kroos oldirib qöygan töpga ega çiqdi va jarima maydoniga kirmasdan turib yuqori burçakni aniq nişonga oldi, öyin oxirida esa Ferran Torresga assistentlik ham qildi.

Fermin Lopes öyindagi ikkinçi golni urdi.
Foto: «Barselona» FK

Zarbalar soni böyiça hisob «Real» foydasiga 28-12 körinişida bölgan öyin uçun hayron qolarli hisob. Ammo kök-anorranglilar Xavi boşqaruvida madridliklarni turli yöllar bilan mağlub etişning hadisini olişdi. Total ustunlik bilan yoki öz jarima maydoni atrofida «avtobus» qöyiş orqali ham. Hozir esa köpçilik «Barsa»ning Amerika sehrini eslamoqda, jamoa okeanortidagi uç klasikoda ham ğolib çiqdi. Oldingi ikki holat çempionlik mavsumlaridan oldin röy bergandi. Bu tasodifmi? Ikki haftadan keyin boşlanadigan yangi mavsum yakunida bilib olamiz. Bu mavsum juda qaynoq ötişni va’da qilmoqda.