29 iyul kuni AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan suhbatda Toğli Qoraboğdagi gumanitar vaziyatdan çuqur xavotir bildirdi, deb xabar bermoqda 30 iyul, yakşanba kuni AQŞ taşqi siyosat idorasi matbuot xizmati.
Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller şunday dedi: «Davlat kotibi Blinken Loçin yölagi orqali tijorat, humanitar va xususiy transport vositalarining erkin ötişini ta’minlaş va humanitar yuklar Toğli Qoraboğ aholisiga yetib borişi uçun muqobil yönalişlarda murosaga keliş zarurligini ta’kidladi». Uning sözlariga köra, Amerika diplomatiyasi rahbari Toğli Qoraboğ böyiça «barça tomonlar tinçlik muzokaralarining ijobiy dinamikasini saqlab qolişi» muhimligiga ham işora qilgan.
Loçin yölagi Armanistonni Toğli Qoraboğ bilan boğlaydigan yagona yöldir. 2022 yil 12 dekabrda uni Ozarboyjon bayroqlarini kötarib, özini ekofaollar deb atagan odamlar tösib qöydi. BMT Xalqaro sudi raisi Joan Donoxyuning qayd etişiça, blokada oziq-ovqat, dori-darmon va boşqa hayotiy tovarlar tanqisligiga olib kelgan.
23 aprel kuni Boku Xakari köprigida nazorat-ötkaziş punkti örnatdi va buni «inson kuçi, qurol-yaroğ va minalarning noqonuniy olib ötilişini oldini oliş» zarurati bilan asosladi. Öz navbatida, Armaniston bu kabi ayblovlarni qat’iyan rad etib, Ozarboyjon 2020 yilgi sulh bitimini qöpol ravişda buzayotganini bildirdi. Şu bilan birga, Yerevan Rossiyani öz majburiyatlarini bajarişga çaqirdi, unga köra, Loçin yölagi Rossiya tinçlikparvar kuçlari nazorati ostida bölişi kerak.












