Qayd etilişiça, Özbekiston prezidentining «Turizm yönalişidagi islohotlarni yanada jadallaştiriş va sohada davlat boşqaruvi tizimini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Unga köra, turoperatorlar va aviataşuvçilarning xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganç xalqaro aeroportlariga amalga oşirilgan charter aviaqatnovlari böyiça xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uçun, u respublika hududida kamida beş keça tunab qolgan taqdirda, 20 AQŞ dollari, qiş mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgaça) esa 50 AQŞ dollari ekvivalentida qoplab beriladi.