Suhbatdoşlar aytgan narxlar turliça. Ayrim ota-onalar barça zarur xaridlar uçun 800 ming söm atrofida sarflagan bölsa, boşqalarda bu summa 1,5–2 mln sömgaça yetmoqda.
“Formam 600 ming sömga tuşdi. Rubaşkam 110 ming, yubkam 200 ming, sumkam 130 ming, oyoq kiyimim 300 ming söm böldi. Öquv qurollarning özi ikkita bolaga 400 ming söm böldi”, – deydi respondent.
Ayrim ota-onalar esa xarajatni kamaytiriş uçun kiyimlarni özlari tiktirişini yoki avvalgi yildan qolgan kiyimlardan foydalanişini bildirdi.
Bir neçta farzandi bor oilalarda esa xarajat miqdori sezilarli darajada yuqori. Sörovnomada uç nafar farzandi uçun kiyim-keçakka 3 mln sömdan, kanstovarlarga esa 2,5 mln sömdan ortiq sarflayotgan ota-ona ham uçradi.
“Ikkita şim 600–700 ming söm böldi, ikkita oq köylak yana 700 ming söm. Ikkita krossovka 500 ming söm böldi. Qolgan kanstovarlar bilan 2–2,5 million söm ketdi”, – deydi suhbatdoş.
Umuman, sörovnoma davomida bir nafar bola uçun maktabga tayyorgarlik xarajatlari 600 ming sömdan boşlanib, 2 mln söm va undan ham yuqoriga çiqayotgani maʼlum böldi.

















