AQŞ delegatsiyasi “Tolibon” bilan Dohada muhim uçraşuv ötkazdi. Asosiy muloqotlar 30-31 iyul kunlari bölib ötgan. Rasmiy Vaşington doimgidek öz e’tiborini eski talablar va bajarilişi kerak bölgan majburiyatlarga qaratdi.
Davlat departamentining ma’lum qilişiça, Dohadagi uçraşuvda AQŞ delegatsiyasi tarkibida Afğoniston böyiça maxsus vakil Tomas Uest, Afğoniston ayollari, qizlari va inson huquqlari böyiça maxsus elçi Rina Amiriy, Dohada joylaşgan AQŞning Afğoniston böyiça missiyasi rahbari Karen Deker bölgan.
Muloqotda, avvalo, gumanitar inqiroz davom etayotgani inobatga olinib, insonparvarlik yordamini töxtatmaslik muhimligi aytilgan.
AQŞga köra, BMT organlari bu işga boş-qoş bölişi kerak. Uçraşuvda amerikalik rasmiylar Afğonistondagi inson huquqlari va xususan ayollar, xotin-qizlar, himoyasiz jamoalarga bölayotgan munosabatdan xavotirda ekanini bildirgan. Vaşington “Tolibon”dan ularga nisbatan siyosatni özgartirişni talab qildi.
Bundan taşqari, AQŞ rasmiylari hibsga olişlar, ommaviy axborot vositalari erkinligiga qarşi tahdid va ta’qiblar, diniy erkinlikka bölayotgan çeklovlardan jiddiy xavotirini ma’lum qildi.
Afğon xalqining huquqlarini hurmat qiliş kerak, mamlakat kelajagini şakllantiriş uçun ularning ovozi va talablari juda muhim, degan Vaşingtondan kelganlar.
Afğoniston iqtisodiyotida nima yangilik?
AQŞ delegatsiyasining Afğoniston Markaziy banki va Moliya vazirligi vakillari bilan uçraşuvida mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va bank sektori duç kelayotgan muammolar muhokama qilingan. Bu borada Amerika “Tolibon” davridagi iqtisodiy özgarişni tan oldi.
Ya’ni AQŞ 2023 yilda Afğonistonda inflatsiya pasayib borayotgani, ma’lumotlar tovar eksporti va importi ösişini körsatayotganini tasdiqladi. Bundan buyoğiga iqtisodiyotni barqarorlaştiriş böyiça texnik muloqotga Vaşington oçiqligi bildirildi.
Aniqroq talablar
Davlat departamenti xabariga köra, Afğoniston hududidan boşqa davlatlar, xususan AQŞ va uning ittifoqçilariga tahdid bölmasligi kerak. Bu masala böyiça “Tolibon” jiddiy ogohlantirilgan. Xavfsizlik masalalari böyiça hukumat öz majburiyatlarini bajarişi kerak.
Delegatsiya muzokaralarda hibsga olingan AQŞ fuqarolarini zudlik bilan, heç qanday şartlarsiz ozod qiliş talabini ham qöydi. Aynan şu masala, ya’ni fuqarolarning hibsda yotişi bugunga qadar hamkorlikka jiddiy tösiq bölgani ma’lum qilindi.
Giyohvand moddalar savdosi kamayadimi?
Afğoniston uzoq yillar davomida giyohvand moddalarni yetiştiriş, eksport qiliş böyiça yetakçi davlatlardan biri bölib qolmoqda. “Tolibon” esa buni töxtatişi kerak. Jahon hamjamiyati qöygan asosiy talablardan biri aynan şunday.
AQŞ delegatsiyasi “Tolibon” davrida köknori yetiştiriş kamayganini qayd etdi. Bu esa ijobiy qadam deyişimiz mumkin. Lekin qayta işlangan va sintetik giyohvand moddalari savdosi Vaşingtonni köproq xavotirga solmoqda. Aynan şu masala böyiça Amerika doim muloqotga oçiqligini bildirdi.
Tan oliş – kun tartibida emas
Umuman olganda, AQŞ “Tolibon”ga vazifa, majburiyat va va’dalarini eslatdi. Uçraşuv Afğoniston emas, Dohadagi ofisda bölgani, bu texnik muloqot ekani inobatga olinsa, hali “Tolibon”ni tan oliş kun tartibida emasligi oydinlaşadi.
Şuningdek, inson huquqlari, xususan ayollar va xotin-qizlar huquqlari bilan boğliq vaziyat açinarli. Toliblar öz taqiqlarini ijobiylikka yöyadi, ayollarni uyda bölsa ham iş bilan ta’minlaganini aytadi. Ammo, ayni damdagi hayot buning teskarisini körsatmoqda. Masalan, yaqindagina Afğonistonda gözallik salonlari faoliyati butunlay töxtatildi. 60 mingdan ortiq ayollar işsiz qoldi.
Biroq, uçraşuvdan boşqa bir muhim xabar şuki, “Tolibon” davrida iqtisodiyot biroz bölsa-da harakatga kelgan. Bu esa humanitar inqiroz yumşaşiga umid beradi.
Narkotik moddalar makoni degan statusdan qutuliş uçun ham harakatlar yöq emasligi tasdiqlandi.
Muzlatilgan aktivlar qaytariladimi?
Dohadagi muzokaralarda “Tolibon”ning muzlatilgan aktivlari muhokama qilingan yoki qilinmagani noaniqligiça qolmoqda. Davlat departamenti xabarida bu haqda heç narsa deyilmagan. Rasmiy sahifadagi press-relizda ham aktivlar masalasi yöq. AQŞ bu pullarni hali-beri qaytarmaydiganga öxşaydi. Demak, talab – va’dalarning bajarilişi.
Eslatib ötamiz, AQŞ delegatsiyasi “Tolibon” bilan muzokaralardan oldin Ostona şahrida Markaziy Osiyoning 5 davlati vakillari bilan C5+1 platformasi doirasida Afğonistonga bağişlangan maxsus yiğilişda qatnaşgan.
Şohrux Majidov,
jurnalist










