«Bizning eng yirik strategik hamkorimiz bölgan Amerika Qöşma Ştatlari Ukraina bilan bu jarayonni boşlagan birinçi davlat bölgani ramziy ma’noga ega. Şu tariqa, biz boşqa hamkorlar uçun muvaffaqiyatli model yaratmoqdamiz», dedi rasmiy Kiyev delegatsiyasiga boşçilik qilayotgan Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak. 

Bu kafolatlar Ukrainaning Yevroatlantika hamjamiyatiga, jumladan, YeI va NATOga kelajakda a’zo böliş yölidagi taraqqiyotini mustahkamlaydi, bu xavfsizlikning pirovard maqsadi va eng işonçli kafolatidir, deydi Ukraina prezidenti devoni rahbari.

Avvalroq Davlat departamenti avgust oyi boşida Qöşma Ştatlar Ukraina bilan xavfsizlik kafolatlari böyiça muzokaralar boşlaşini tasdiqlagandi. 

«Uşbu muzokaralar şu hafta boşlanadi», dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller duşanba kuni navbatdagi matbuot brifingida. 

Uning ta’kidlaşiça, muzokaralar virtual formatda bölib ötadi. Amerika tomonidan muzokaralar olib boradigan delegatsiyaga AQŞ davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari böyiça yordamçisi örinbosari boşçilik qiladi.