Jahon | 09:12 / 01.08.2023
3622
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukraina bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar boshlanishini tasdiqladi

Davlat departamenti avgust oyi boshida Qo‘shma Shtatlar Ukraina bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar boshlashini tasdiqladi. 

Foto: Alastair Pike| AFP via Getty Images

«Ushbu muzokaralar shu hafta boshlanadi», dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller dushanba kuni navbatdagi matbuot brifingida. 

Uning ta’kidlashicha, muzokaralar virtual formatda bo‘lib o‘tadi. Amerika tomonidan muzokaralar olib boradigan delegatsiyaga AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari boshchilik qiladi.

30 iyul kuni Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Kiyev Vashington bilan «xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga oid ikki tomonlama kelishuv bo‘yicha» muzokaralarni boshlashini aytdi. 

«Mamlakatimizda urush ketyapti. Biz NATOga a’zo bo‘la olmasak-da, davlatimizni o‘tish davri uchun ishonchli kafolatlar bilan ta’minlash kerak», - deya tushuntirdi u. 

Yermakning so‘zlariga ko‘ra, bular «aniq va uzoq muddatli majburiyatlar bo‘lib, kelajakda Ukrainaning Rossiya tajovuzkorligini yengish va oldini olish qobiliyatini ta’minlaydi». 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid