Hukmron koalitsiyaga kiruvçi SPD partiyasining bir qator nufuzli siyosatçilari Germaniya hukumatini Ukrainaga zamonaviy nemis-şved Taurus raketalarini yetkazib berişga çaqirdi. «Qarşi hujum töxtab qolmoqda, Ukrainada uni qöllab-quvvatlovçi muhim havo kuçlari yöq. Şuning uçun faqat boşqariladigan qurollar qolmoqda - masalan, Taurus qanotli raketalari, ular yordamida Ukraina armiyasi ruslar minalab qöygan maydonlarni ötib, hududini qaytarib olişi mumkin», deya ma’lum qildi 6 avgust, yakşanba kuni Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi a’zosi, Bundestag budjet qömitasi a’zosi Andreas Şvars Der Spiegel naşriga bergan intervyusida.
«Men amerikaliklar bilan ittifoqda boşqa qöşimça tizimlarni yetkazib berişimiz mumkinligini istisno qilmayman - masalan, Taurus’ni. Biroq, bundan oldin ukrainaliklarning özi ularni dasturlaştira olişini ta’minlaş kerak», dedi SPD fraksiyasining Bundestagdagi taşqi siyosat spikeri Nils Şmid Tagesspiegel naşriga bergan intervyusida.
Öz navbatida, Andreas Şvars sodir bölayotgan voqealar unda dejavyu tuyğusini uyğotayotganini ta’kidladi: «Tanklar misolida bölgani kabi, biz hozir muhim jihozlarni yetkazib berişdan boş tortmoqdamiz, oxir-oqibat, ular baribir yetkazib berilişi mumkin».
Taşqi işlar vaziri Boris Pistorius sönggi bayonotlarida Taurus kelajakda yetkazib berilişini istisno qilmasligini aytdi, ammo bu qaror uçun vaqt hali kelmagan. «Yaşillar» va Erkin demokratik partiyadan liberallar vakillari, hukmron koalitsiya a’zolari Taurus’ni yetkazib beriş ğoyasini qöllab-quvvatladi. 2005 yildan beri Germaniyada 500 kilometrgaça masofaga uçadigan Taurus raketalari işlab çiqarilmoqda va Bundesverda ularning 600 tasi bor.













