«Ular Ukraina Qurolli kuçlari jangçilari, ikki nafari ofitser, oddiy askar va serjantlar ham bor. Ular turli yönalişlardagi janglarda qatnaşgan, ozod etilganlar orasida yaradorlar mavjud. Askarlarimizdan eng kattasi 54 yoşda, eng kiçigi - 23 yoş», deb yozgan Yermak.
Rossiya tomoni hali asirlar almaşinuvi haqida e’lon qilmadi.
Avvalroq «Azovstal» mudofaasiga rahbarlik qilgan beş komandir bir neça oy davomida Turkiyada kuzatuv ostida turganidan söng Ukrainaga qaytarilgandi.
Harbiylarni vatanga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning özi şaxsan olib qaytgan, u 7 iyul kuni Turkiyaga uçib kelgan va Istanbulda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşgan. 8 iyul kuni kunduzi Zelenskiyning matbuot xizmati e’lon qilgan videoda Turkiya tomoni unga beş nafar harbiyni topşirgani, keyin ular birgalikda prezidentlik samolyotiga çiqib, uçib ketganini köriş mumkin.
Ukraina qurolli kuçlari Mariupoldagi «Azovstal» metallurgiya zavodini Rossiya qöşinlaridan 2022 yilning martidan may oyi örtalariga qadar himoya qilgan, kombinat hududida ular bilan birga tinç aholi vakillari ham yaşiringandi. May oyining ikkinçi yarmida Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi komandirlarga «şaxsiy tarkib hayotini saqlab qoliş» böyiça topşiriq beradi, şundan keyin «Azovstal» mudofaaçilari (jami 2,5 ming harbiy) taslim böladi.













