2023 yil yanvar-iyun oylarida Özbekistonda barça toifadagi xöjaliklar tomonidan 5,4 mln tonna donli ekinlar yetiştirilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, bu körsatkiç 2022 yilning mos davri bilan soliştirganda 7,3 foizga oşgan.

Don ekinlarini yetiştiriş böyiça hududlar örtasida peşqadamlikni Farğona viloyati egalladi. Uning don ekinlari umumiy hajmidagi uluşi 12 foizdan oşgan.

Şu bilan bir qatorda, yuqori uluş Surxondaryo (11,8  foiz), Qaşqadaryo (11,3 foiz), Andijon (9,0 foiz), Samarqand (8,3 foiz) va Jizzax (8,2 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Umumiy hajmdagi past uluş Qoraqalpoğiston Respublikasi (2,1 foiz) va Navoiy viloyatida (3,6 foiz) kuzatildi.