Saudiya Arabistonining Tehrondagi elçixonasi yopilganidan 7 yil ötib, yana öz faoliyatini boşladi. Bu haqda IRNA agentligi öz manbasiga tayanib xabar berdi.
«TIV vakili çorşanba kuni Saudiya Arabistonining Tehrondagi elçixonasi 6 avgust, yakşanba kuni rasman oçilganini aytdi», deyiladi xabarda.
Iyun oyida Eronning Ar-Riyozdagi elçixonasi oçilgan edi. Unda Eronning yangi elçisi, avval Quvaytdagi elçixonaga rahbarlik qilgan Alirizo Inoyatiy iştirok etdi.
Eron va Saudiya Arabistoni örtasidagi munosabatlar 2016 yilda Saudiya monarxiyasini tanqid qilgan nufuzli şia dinşunosi Nimr an-Nimr Ar-Riyozda qatl etilganidan söng sezilarli darajada yomonlaşdi. Buning ortidan namoyişçilar Saudiya Arabistonining Tehrondagi elçixonasiga bostirib kirişdi. Bunga javoban Ar-Riyoz Eron bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi.
Şu yilning mart oyida Xitoy vositaçiligida Eron va Saudiya Arabistoni diplomatik munosabatlarni tiklaşga kelişib oldi.












