AQŞ prezidenti Jo Bayden 10 avgust, payşanba kuni Kongressga boşqa mamlakatlarga yordam, çegaralarni himoya qiliş va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş uçun 40 milliard dollar miqdorida qöşimça mablağ ajratiş sörovini yubordi. Ularning 24 milliardi bevosita yoki bilvosita Ukraina uçun möljallangan. Xususan, 13,1 milliard Kiyevga harbiy yordam va bu borada Pentagon arsenalini töldiriş uçun, yana 8,5 milliardi Ukraina va uşbu mamlakatdagi vaziyatdan jabr körgan boşqa mamlakatlarga iqtisodiy, humanitar va boşqa yordamga yönaltirilişi kerak. «Vagner» XHK va Afrikada boşqa şunga öxşaş tuzilmalarga qarşi kuraşiş uçun 200 million dollar ham söralgan. 

Ma’muriyat yuqori martabali mulozimining Reuters’ga aytişiça, bu miqdor 2024-moliyaviy yilning birinçi çoragi uçun ehtiyojlarni qoplaydi. 

AQŞ aholisi Ukrainaga yordam beriş borasida yakdil pozitsiyada emas

Oq uyning strategik kommunikatsiyalar böyiça koordinatori Jon Kirbi Baydenning Kongressga Kiyevga köproq yordam sörab qilgan yangi murojaatiga izoh berar ekan, Amerika aholisi Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida örtada nimalar turganini tuşunişiga işonç bildirdi. 

Sotsiologlarning ma’lumotlari şuni körsatadiki, Amerika jamiyatida Ukrainaga yordam körsatiş böyiça birdamlik yöq. CNN tomonidan ötkazilgan sörov natijalariga köra, respondentlarning 55 foizi Kongress Ukraina qurollari uçun qöşimça mablağ ajratişga rozi bölmasligi kerak, deb hisoblaydi. Respondentlarning 51 foizi Qöşma Ştatlar allaqaçon Kiyevga yetarliça yordam körsatgan, degan fikrda.