Rossiya, Özbekiston va Qozoğistonning uçtomonlama gaz ittifoqi boşqa davlatlarni ham qamrab olişi mumkin. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Biriçevskiy ma’lum qildi.

«Biz gaz sohasida uçtomonlama hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatini istisno qilmaymiz. Bunga boşqa davlatlar ham qiziqiş bildirayotganini bilamiz. Biz barça iştirokçilarning pozitsiyasini hisobga olgan holda özaro manfaatli va konstruktiv bölişi lozimligini anglagan holda bunday hamkorlikka oçiqmiz», dedi u.

2022 yil noyabr oyida Rossiya tomoni Qozoğiston va Özbekistonga öz gazini uşbu davlatlar hududi orqali taşişni nazarda tutuvçi «uçtomonlama gaz ittifoqi»ni tuzişni taklif qilgan edi.

2023 yil yanvarida «Gazprom» va Özbekiston Energetika vazirligi gaz sanoati sohasida hamkorlik böyiça «yöl xaritasi»ni imzoladi. Toşkentning aniqlik kiritişiça, hujjat texnik tadqiqotlardan söng Qozoğiston va Özbekiston hududidan ötuvçi «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali Rossiya gazining tranzitini nazarda tutadi.

May oyi oxirida Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Galuzin gaz ittifoqi loyihasi parametrlari işlab çiqilayotganini, investitsiyalar hajmi aniqlanayotganini ta’kidladi.

«Markaziy Osiyo – Markaz» transkontinental tizimining gaz quvurlari Rossiya, Qozoğiston, Özbekiston va Turkmaniston hududidan ötadi.