Saudiya Arabistoni Ukrainada tinçlikka erişiş böyiça sammitga mezbonlik qildi. Uçraşuvda 40 dan ortiq davlat vakillari, jumladan AQŞ, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va hatto mojaroda rasman neytral pozitsiya egallagan Xitoy ham iştirok etdi. Muzokara qatnaşçilari uruş tugaşini qanday tezlaştirişni muhokama qildi va ular buni Rossiya iştirokisiz amalga oşirdi. Muzokaralar yopiq tarzda ötkazildi, biroq uning markazida Volodimir Zelenskiy tomonidan taklif qilingan tinçlik rejasi turgani ma’lum bölib, unga köra Moskva Ukraina hududlariga (jumladan, Qrim va Donbassning bosib olingan hududlariga) da’volaridan butunlay voz keçişi kerak.
Bu özi qanday sammit?
Ukrainadagi uruş mavzusidagi muzokaralar ötgan hafta oxiri, 5-6 avgust kunlari Saudiya Arabistonida bölib ötdi. Ikki kunlik uçraşuv Kiyev taşabbusi bilan ötkazildi – birinçi şunday keng kölamli muhokama iyun oyi oxirida Kopenhagenda bölib ötgandi. Ammo uşbu ikki raundli muzokaralar kölamini soliştirib bölmaydi: agar Daniyaga 14 davlatdan vakillar kelgan bölsa, Jiddaga qirqdan oşiq davlat, şuningdek, BMT va Yevropa Ittifoqi delegatsiyalari yiğildi.
Mojaroni töxtatiş masalalarini muhokama qiliş uçun Jiddaga nafaqat Ukrainaning Yevropa ittifoqi va AQŞdagi ittifoqçilari taşrif buyurdi. Uçraşuv taşkilotçilarining sezilarli muvaffaqiyati Rossiyaga nisbatan neytral pozitsiyani egallagan mamlakatlar — Braziliya, Hindiston va birinçi navbatda Daniya muzokaralarini ötkazib yuborgan Xitoyning sammitga jalb qilinişi böldi.
Rossiya Jiddadagi muzokaralarga taklif qilinmadi, ammo, katta ehtimol bilan, sammit iştirokçilari bunda heç qanday muammo körmadi. Bundan taşqari, bu ularning prinsipial pozitsiyasi edi. Uruşni diplomatik yöl bilan hal qiliş uçun bu yerda va hozir heç qanday dastlabki şartlar yöq — bu haqda Kiyevda ham, Moskvada ham va boşqa mamlakatlarda ham gapirilmoqda. Ammo Saudiya uçraşuvidan maqsad bu diplomatik yeçimni yaqinlaştiriş emas, balki Ukrainaning öziga va boşqa kuçlarga mos keladigan tinçlik parametrlarini aniqlaş edi.
«Sammitning ahamiyati aslida Global Janub mamlakatlarini va bizning özimizni atrofida global tinçlik sammiti taşkil etilişi mumkin bölgan ba’zi asosiy kelişuvlarni izlaşga undaşdir», deydi Financial Times naşri bilan suhbatda Yevropa komissiyasining ismini oşkor qilişni istamagan yuqori lavozimli amaldori.
Reuters naşri ham sammitning Ukraina uçun ahamiyatini şunga öxşaş atamalarda ifodalagan: «Ukraina uçun bu sammit hozirgaça mojaroda betaraf qolayotgan Global Janub davlatlari bilan muloqot orqali tarafdorlari, asosan Ğarb davlatlari sonini kengaytiriş böyiça diplomatik sa’y-harakatlarning bir qismidir».

Foto: SPA.GOV.SA
Ukraina rasmiylarining aytişiça, Jidda sammitidan asosiy maqsad Kiyevni «qöllab-quvvatlaş guruhi»ga aloqador bölmagan davlatlar bilan muloqot boşlaşdir. Avvalo, gap xuddi şu Global Janub vakillari — Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi önlab mamlakatlar haqida ketmoqda. Ilgari ular rivojlanayotgan mamlakatlar deb atalgan, hozir esa ular «boy» şimolga qarşi turmoqda.
«Uruş boşida bu davlatlar: bu qandaydir mintaqaviy mojaro, biz uning tugaşini kutamiz, deyişdi. Ilgari ular faqat Lavrov yoki Rossiya Taşqi işlar vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarni qabul qildi», deydi Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak.
Uning sözlariga köra, Kiyevning maqsadi Global Janub mamlakatlariga kim kimga hujum qilgani va Ukraina uruşning tugaşini qanday körayotganini aytib beriş emas. Gap Moskvaga ta’sir körsatiş vositalarini muhokama qiliş haqida ketmoqda va Podolyak bunday vositalarga Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib berişni köpaytiriş, Global Janub davlatlarining xalqaro taşkilotlar, heç bölmaganda BMTdagi xatti-harakatlarini özgartiriş yoki Moskvaga diplomatik bosim ötkazişni kiritadi.
«Masalan, Xitoy yoki Braziliya öz kanallari orqali Rossiyaga Ukrainaning bosib olingan hududlarini uning nazoratida uşlab turiş mumkin emasligini aytişi kerak», degan Ukraina prezidenti maslahatçisi.
Sammitning Saudiya Arabistonida bölib ötgani ham bejiz emas. Bu mamlakat sönggi paytlarda özining diplomatik ta’sirini kengaytiriş bilan faol şuğullanmoqda. Ukraina masalasi Saudiya hukumatini xavotirga solayotgani aniq. Uruş boşidanoq ular asirlarni, şu jumladan çet ellik asirlarni almaşiş böyiça muzokaralarda faol qatnaşdi.

SAUDI FOREIGN MINISTRY / HANDOUT/ANADOLU AGENCY
2023 yil iyul oyi örtalarida esa Financial Times naşri Ar-Riyod Rossiyaga olib ketilgan ukrainalik bolalarni öz vatanlariga qaytariş borasidagi kelişuv muzokaralarida iştirok etgani haqida xabar berdi. Bu Ukraina uçun ham, Rossiya uçun ham uruşning eng nozik masalalaridan biri —Haagadagi Xalqaro jinoiy sud voyaga yetmagan ukrainaliklarning noqonuniy deportatsiyasi sabab prezident Vladimir Putinni hibsga olişga order berdi.
Şu bilan birga, Ar-Riyod Moskva bilan ham, Kiyev bilan ham va Xitoy kabi boşqa yirik öyinçilar bilan ham hamkorlikni davom ettiryapti. Bundan taşqari, Xitoyning sammitida iştirok etişi Saudiya diplomatiyasining bevosita yutuği deb atalmoqda.
Saudiya Arabistoni hukumatiga yaqin saudiyalik tahlilçi Ali Şihabi bu muzokaralarni «Saudiya Arabistonining Ukraina, Rossiya va Xitoy bilan mustahkam aloqalarni saqlab qoliş böyiça köp qutbli strategiyasi muvaffaqiyatining yorqin namunasi» deb atagan.
The Wall Street Journal naşri uçraşuvning yana bir muhim kontekstiga e’tibor qaratdi: 2022 yili AQŞ Saudiya Arabistonini yuqori neft narxlarini uşlab turiş uçun Rossiya bilan til biriktirişda aybladi — bu Moskvaga uruş uçun zarur bölgan moliyaviy yordamni anglatadi. Ar-Riyodning Ğarb bilan munosabatlari Yamandagi uruş va 2018 yilda saudiyalik dissident va jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi bilan keskinlaşgandi.
Ammo, aftidan, Saudiya Arabistonining hozirgi sa’y-harakatlari e’tibordan çetda qolmaydi. «Saudiya hukumati öz diplomatik sa’y — harakatlari uçun hurmatga sazovor bölişi lozim», degan sammit yakunida ismi oşkor etilmagan amerikalik amaldor WSJ naşriga.
Xitoy iştiroki nimani anglatadi?
Ikki kunlik muzokaralarning rasmiy mazmuni noma’lum – iştirokçilar qöşma bayonot berişdan boş tortdi. Muhokamalar borişidan xabardor bölgan Kiyevdagi ikki manbaning sözlariga köra, sammit iştirokçilari tomonidan yakuniy rasmiy bayonot yöqligi oldindan aytilgan, şuning uçun buni heç qanday holatda tadbirning muvaffaqiyatsizligi belgisi deb hisoblamaslik kerak. Qolaversa, Kopenhagendagi oldingi uçraşuv ham yakuniy bayonotsiz ötgandi.
Ğarb naşrlari sammit natijalarini ehtiyotkor optimizm bilan baholagan. Ular Xitoyning iştirokini uçraşuvning eng muhim muvaffaqiyati deb hisoblagan.
Xitoy diplomatlarining muzokaralardagi pozitsiyasi FT manbasi tomonidan «konstruktiv» deb ta’riflangan.
«Xitoy Rossiya emasligini körsatişga harakat qildi. Xitoyning sammitdagi iştiroki esa Rossiyaning tobora yakkalanib borayotganidan dalolat beradi», degan ismi oşkor etilmagan yevropalik diplomat.
Boşqa bir manbaning naşrga aytişiça, Xitoy uçraşuvda faol iştirok etgan va muzokaralarning uçinçi bosqiçida iştirok etiş taklifini «ijobiy» qabul qilgan.
Xitoyning Yevrosiyo masalalari böyiça maxsus vakili Li Xui forum doirasida AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan va Davlat departamenti xodimi, Rossiya va Ukraina bilan aloqalarga mas’ul Viktoriya Nuland bilan uçraşgan. Xitoyning Rossiyadagi sobiq elçisi Li Xui 2023 yil may oyida katta uruş boşlanganidan keyin Ukrainaga taşrif buyurgan birinçi yuqori martabali xitoylik amaldor bölgandi. AQŞ Davlat departamenti sammit yakunlariga köra, XXRning undagi iştirokini «samarali» deb atadi.

RUSSIAN FOREIGN MINISTRY/HANDOUT/ANADOLU AGENCY
WSJ naşri yozişiça, Jiddadagi muzokaralardagi yagona keskinlik nuqtasi Xitoy delegatsiyasi Pekin Rossiya bosqinining bir yilligi munosabati bilan taqdim etgan, 12 banddan iborat tinçlik rejasini esga olgan payt bölgan. Uning ba’zi bandlari Ukraina va uning ittifoqçilarini xavotirga solgan — Pekin rejasida öt oçişni töxtatişni taklif qilingan, ammo okkupatsiya qilingan Ukraina hududlari bilan nima bölişi kerakligi haqida heç narsa deyilmagan.
Ukraina hukumati bunday pozitsiyani qabul qilib bölmas deb hisoblaşini bir neça bor ma’lum qildi: Kiyevdagilarning harbiy harakatlarni şunçaki töxtatiş faqatgina Rossiyaning öz kuçlarni qayta töplaşiga va uruşni davom ettirişiga olib kelişiga işonçi komil.
WSJ ma’lumotlariga köra, Xitoy Jiddadagi yiğilişda öz rejasini tilga olganidan söng, yevropalik diplomatlar heç qanday şartlarsiz öt oçişni töxtatiş mojaroni hal qiliş örniga uni muzlatib qöyişi va Rossiyaga anneksiya qilingan hududlar ustidan nazoratni kuçaytiriş imkonini berişidan xavotir bildirgan. Xitoy vakillari bunga normal munosabatda bölgan.
«Ular real vaqt rejimida izoh oldi va yaxşi fikrlar almaşinuvi yuz berdi», degan WSJ naşriga munozara mazmunidan xabardor manba.
Reuters bilan suhbatlaşgan tahlilçilar fikriga köra, Xitoyning iştiroki uşbu mamlakatning Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosatidagi özgarişlarni namoyiş etadi, ammo hozirça buriliş gap ketgani yöq. Agentlik bilan suhbatda mutaxassislar Xitoy hali ham Rossiyaning muhim iqtisodiy hamkori ekanini eslatgan. Şu bilan birga, Pekin faqatgina Ğarb davlatlari iştirok etmaydigan tinçlik örnatişga har qanday urinişlardan çetda qolişni xohlamaydi, deya xulosa qiladi ekspertlar. Xitoy Taşqi işlar vazirligi sammit yakuni böyiça Li Xui Pekin pozitsiyasini jahon hamjamiyatiga bildirganini aytiş bilan çeklandi.
«Xitoy konsensus va özaro işonçni kengaytirişda davom etadi, Ukraina inqirozini siyosiy yöl bilan hal qilişga hissa qöşiş uçun eng katta umumiy kelişuvni şakllantirişga intiladi», deyiladi vazirlik bayonotida.
Kiyevda Xitoyning sammitdagi iştiroki, bir tomondan, kötarinkilik bilan qabul qilindi: Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba Li Xuining uşbu tadbirdagi iştirokini «yutuq» deb atadi.
Boşqa tomondan, bundan tezkor natija kutilmaydi. «Xitoy konservativ mamlakat, u global qarorlarni sekinlik bilan qabul qiladi. Ammo bugungi kunda Xitoyning (Rossiya ittifoqçisi sifatidagi) pozitsiyasi, şubhasiz, özgarmoqda ... Xitoy, ayniqsa, Prigojin isyonidan keyin juda zaif rus elitasini, ança zaif prezident Putinni kördi ... ularga reputatsiya, pul, strategiya nuqtayi nazaridan sarmoya kiritiş mantiqiy bölmaydi», degan Mixaylo Podolyak BBC naşriga.
BBC’ning Kiyevdagi suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, Jiddadagi uçraşuvda Xitoy delegatsiyasi navbatdagi şunday uçraşuvda ham iştirok etişga va’da bergan.
Zelenskiydan tinçlik
Ukraina ittifoqçilari va boşqa mamlakatlarga ommaviy yoki noommaviy tarzda qöllab-quvvatlaşni taklif qilayotgan tinçlik yeçimi — bu Volodimir Zelenskiyning formulasi. Aslini olganda, bu 10 banddan iborat reja bölib, u Rossiya Ukrainaning barça hududlaridan (jumladan, Qrim va 2022 yil kuzida anneksiya qilingan boşqa hududlardan) töliq çiqib ketişi hamda uning harbiy va siyosiy elitasi vakillari Ukraina hududida sodir etilgan jinoyatlar uçun jazolanişini kerakligini nazarda tutadi.
Ukraina hukumati sönggi oylarda ular uçun hududiy yaxlitlik masalasi eng muhim ekani va Rossiya armiyasi 1991 yilgi çegaralarga qadar çekinmasdan oldin heç qanday muzokaralar olib borilmasligini aytib kelmoqda.
Ukraina ittifoqçilari bu pozitsiyani qöllab-quvvatlamoqda. Muammo şundaki, Rossiya hukumati hududiy yon berişlar ular uçun mutlaqo mumkin emasligini bir neça bor ta’kidlagan. Neytral pozitsiyani egallagan mamlakatlar bu borada noaniq gapirdi, ammo Rossiyaning Ukraina hududlarini anneksiya qilişini rasman tan olmadi.
WSJ naşri ta’kidlaşiça, aftidan, Jiddada bu masalada konsensusga erişa olişgan. Yevropalik yuqori martabali mulozimning sözlariga köra, Ukraina göyoki boşqa davlatlardan öz rejasini asos sifatida qabul qilişini talab etmagan. Va boşqa qatnaşçilar ham, öz navbatida, Kiyevdan Zelenskiy formulasidan voz keçişni talab qilişmagan.
Sammitning borişidan xabardor bölgan BBC naşrining Kiyevdagi ikki manbasi WSJ’ning bu ma’lumotlari haqiqatga töğri kelmasligini ta’kidlagan (manbalardan biri ularni hatto «feyk» deb ham atagan). Ularning sözlariga köra, Ukraina hukumati hali ham aynan öz prezidentining tinçlik rejasi keng qöllab-quvvatlovga erişişini xohlamoqda.

Muzokaralar qatnaşçilari bilan suhbatlaşgan FT ham, WSJ ham, umuman olganda, sammit iştirokçilari har qanday sulh markazida faqat Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligiga hurmat bölişi mumkinligi haqida kelişib olganini yozgan.
Va agar Ukraina uçun uning hududiy yaxlitligi tuşunarli sabablarga köra Zelenskiy tinçlik rejasining asosiy punkti bölsa, unda boşqa davlatlar uçun boşqa punktlar muhimroq bölişini ham tuşuniş mumkin.
Şuning uçun işçi guruhlarda Zelenskiy formulasining alohida qoidalari muhokama qilinadi. Ularning iştirokçilari potensial ravişda, xususan, yadroviy yoki ğalla şartnomasi barbod bölişi munosabati bilan oziq-ovqat xavfsizligi kabi mavzularda gapirişi kerak böladi.
«Konsensus şunday edi: bu faqatgina Yevropa uruşi emas — sodir bölayotgan voqealar butun dunyo böylab oziq-ovqat, energetik va iqtisodiy barqarorlikka ta’sir qiladi, şu sabab kelişuvga erişiş uçun umumiy harakat talab etiladi», degan sammitda iştirok etgan, ğarblik bölmagan davlatlardan birining diplomati.
Saudiya Arabistoni rasmiy bayonotida aytilişiça, iştirokçilar «kelajakda tinçlik yölini davom ettiradigan umumiy poydevor quriş uçun xalqaro maslahatlaşuvlar va fikr almaşişni davom ettiriş zarurligi haqida kelişib oldi».
Zelenskiy rejasi bandlarini barça birgalikda emas, balki alohida muhokama qilişining yana bir sababi bor. Rossiya bilan ehtiyotkor munosabatlarni saqlab qolişga intilayotgan ba’zi davlatlar, masalan, uşbu rejaning yettinçi bandini qabul qilişi qiyin — bu band Rossiya harbiy va siyosiy rahbariyati vakillarini harbiy jinoyatlari uçun haqiqiy jinoiy javobgarlikka tortişni, şuningdek Moskva tölaşi kerak bölgan reparatsiyani nazarda tutadi.
«Bu bandga rozi böladigan davlatlar Rossiya uçun duşmanga aylanadi, çunki bu yerda gap şaxsan Putin va butun Rossiya rahbariyatining omon qolişi va erkinligi haqida ketadi», deb yozadi Ukrainaning «Yevropeyskaya pravda» naşri. Şu bois, Kiyev ayrim davlatlar barça işçi guruhlar işida emas, balki ularning bir qismida iştirok etişini tuşunadi.
Işçi guruhlar vazifasi kelajakda «Tinçlik sammiti» davlatlari rahbarlari tomonidan qöllab-quvvatlanişi mumkin bölgan murosakor formulalarini işlab çiqişdan iborat. Kiyev bunday sammitni 2023 yil oxirigaça ötkaziş mumkinligiga umid qilmoqda. Uşbu sammitning asosiy vazifasi — Ukraina uçun Zelenskiyning tinçlik rejasiga maksimal darajada mos keladigan dunyo kartinasi va ğalabani hujjatlaştirişdir. «Tinçlik sammiti» ötkaziladigan joy hali aniqlanmagan, biroq Kiyev unda 60-70 davlat rahbari iştirok etişini kutmoqda.
Jiddadagi kabi uçraşuvlar esa uşbu sammit uçun formulalar tayyorlaşda muhim rol öynaşi lozim. Navbatdagi uçraşuvning sanasi va joyi hali aniqlanmagan, biroq Kiyev bu uçraşuv 2023 yil sentabr oyi boşida bölib ötişi mumkinligiga umid qilmoqda.
Ukrainada sammit qanday baholanmoqda?
Ukraina hukumati Jiddadagi sammit natijalarini kötarinki ruhda baholamoqda.
«Biz Ukraina tinçlik formulasini amalga oşirişga bir qadam yaqinlaşdik... Işonçim komilki, Jiddadagi sammit tarixda qoladi», deydi uşbu muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga boşçilik qilgan Ukraina prezidenti devonxonasi rahbari Andrey Yermak.
Boşqa tomondan, amaldagi hukumat tanqidçilari Ğarb matbuotida uşbu sammitga bağişlab, çop etilgan ayrim maqolalarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilgan. Xususan, ular yozişiça, Ukraina delegatsiyasi Jidda şahrida yoki Zelenskiy rejasi tinçlik örnatiş jarayoni uçun asos qilib olinişi kerakligini talab qilmagan yoki öz pozitsiyasining asosiy nuqtasi — Rossiya qöşinlari xalqaro miqyosda tan olingan hududidan butunlay olib çiqilmasdan turib tinçlik muzokaralari ötkazmaslik prinsipidan voz keçişga tayyorligini bildirgan.
BBC naşri bilan suhbatda Mixaylo Podolyak bu ikki masala borasida gap ham bölişi mumkin emasligini aytdi. Ukraina tomoni Zelenskiy rejasi tinçlik örnatiş uçun jiddiy körib çiqilgan yagona yöl ekani va hatto öt oçişni töxtatiş rejimi joriy qilingan taqdirda ham Rossiya qöşinlari Ukraina zaminida qolişi hozirgi uruşni muzlatilgan mojaro holatiga ötkazadi, degan fikrida qat’iy. Va keyinçalik uning (muzlatilgan mojaroning) yangi, yanada qonli va, ehtimol, keng kölamli, yangi mamlakatlarni va hatto butun mintaqani qamrab oluvçi uruşga aylanişi — faqat vaqt masalasidir.
Germaniyaning DPA axborot agentligi xabar berişiça, Jiddadagi sammitda mezbonlar, Saudiya Arabistoni delegatsiyasi kutilmaganda öz tinçlik formulasini taqdim etgan. Uning mazmuni — Ukrainaning hududiy yaxlitligini tan olgan öt oçişni töxtatiş va BMT homiyligida muzokaralar ötkazişdir. Bu formula umumiy xislatlariga köra, Kiyev işonçsizlik bilan qaraydigan Xitoy tinçlik rejasini yodga soladi.
Mixaylo Podolyak BBC naşriga Ar-Riyod heç qanday prinsipial yangi reja taqdim qilmaganini aytgan. «Yöq, ular heç narsa taqdim etmadi. Ular faqat ma’lum pozitsiyalarni muhokama qildi: ‘siz u yoki bu narsaga tayyormisiz?ʼ kabi. Bu standart maslahatlaşuvlar, hamma nimanidir muhokama qildi. Ammo Ukraina uçun özining tinçlik formulasi pozitsiyasi prinsipial, biz hammani unga qöşilişga çaqiramiz va uni tinçlik jarayoni asosiga aylantirişni taklif qilamiz. Böldi. Nuqta», degan u.
Moskvada nima deyişmoqda?
Rossiya rasmiylari va diplomatlari kutilganidek Jiddadagi sammitga skeptik munosabat bildirdi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytişiça, Moskva muzokaralarni «e’tiborga olgan» hamda «BRICS böyiça hamfikrlar» va boşqa hamkorlardan baholaşni kutmoqda. U, şuningdek, Zelenskiy formulasini tanqid qildi va «adolatli kelişuv» uçun Ukraina jangovar harakatlarni töxtatişi va «yangi hududiy reallik»ni, ya’ni Rossiya uning hududlarini anneksiya qilişini tan olişi kerakligini aytdi.
«Rossiya iştirokisiz va uning manfaatlarini hisobga olmasdan, Ukraina inqirozi böyiça ötkazilgan har qanday uçraşuv zarraça qöşimça qiymatga ega bölmaydi», deya qöşimça qilgan u.
Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov Moskva sammit haqida unda iştirok etgan BRICS davlatlari (Xitoy, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika) bilan gaplaşmoqçi ekanligini tasdiqladi. Şu bilan birga, Ryabkov BRICS mamlakatlari Ukrainaga «soğlom fikr»ni yetkaza olişiga işonç bildirdi.
«Ammo buni, Jiddada nima bölganini hali töliq hal qiliş kerak. Bizning BRICS’çilar bilan bu boradagi muloqotimiz haqiqiy muvofiqlik va pozitsiyalarni yanada yaxşiroq tuşuniş maqsadga muvofiqligi prinsipi asosida davom etadi», deydi rossiyalik diplomat.
Rossiya Federatsiyasining Venadagi xalqaro taşkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanov Saudiya Arabistonidagi uçraşuvni ma’nosiz deb atagan. «Umuman olganda, buning tinçlik jarayoniga heç qanday aloqasi yöq, çunki unga muhim aktor — Rossiya taklif qilinmagan», deb yozgan u öz telegram-kanalida.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov sammit oldidan Moskva uçraşuvlarni kuzatişiga va’da bergandi. Kreml hozirça sammit natijalariga izoh bermadi. Ammo, dam oliş kunlari Vladimir Putinning matbuot kotibi New York Times naşriga harbiy harakatlar davom etişi haqida boşqa bir izoh berdi.
Jurnalistlar Peskovdan Rossiya yanada köproq Ukraina yerlarini bosib olmoqçimi, deb söragan. «Yöq. Biz faqat Konstitutsiyamizda bizniki deb yozilgan barça yerlarni nazorat qilişni xohlaymiz, xolos», deb javob bergan u.
Rossiya Konstitutsiyasida hozir Qrim, şuningdek, Ukrainaning Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlari Rossiya sub’yektlari sifatida qayd etilgan. Xerson va Zaporijjyada ruslar oblast markazlari — Xerson va Zaporijjya şaharlarini nazorat qilmaydi. Şuningdek, Donetsk va Luhansk oblastlarida ham Ukraina nazorati ostida qolgan hududlar, jumladan, Slovyansk va Kramatorsk kabi yirik şaharlar bor. Peskovning sözlaridan kelib çiqadiki, Rossiya ularni egallaş böyiça sa’y-harakatlarni davom ettiriş niyatida, demak Moskvaning tinç yöl bilan hal qilişga hatto nazariy tayyorligi haqida ham hozirça gap bölişi mumkin emas.
Moskva va Kiyev örtasida muzokaralar ötkaziş imkonsizligi haqidagi sözlarni Mixaylo Podolyak ham quyidagiça tasdiqlaydi. «Rossiyaga tegişli hamma narsa faqat jang maydonida hal böladi... Rostini aytsam, men hatto ular bilan gaplaşiş imkoniyatini ham körmayapman... Rossiya bilan muzokaralar jarayonining boşlanişi Rossiya Ukraina hududini tark etganidan keyingina mumkin böladi. Tamom vassalom», degan u BBC bilan suhbatda.













