AQŞ Moliya vazirligining Çet el aktivlarini nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) tört rossiyalik tadbirkor va bir yuridik şaxsni SDN (Specially Designated Nationals) sanksiyalari röyxatiga kiritdi. Bu haqda 11 avgust, juma kuni AQŞ Ğaznaçilik departamenti ma’lum qildi. Şu tariqa, röyxatga Rossiya, Latviya va Lyuksemburg fuqarosi bölgan hamda Buyuk Britaniyada yaşovçi «Alfa-bank» direktorlar kengaşining sobiq rahbari Petr Aven kiritilgan. 

Rossiya va Isroil fuqarosi, «Alfa-Grupp» kuzatuv kengaşi asosçisi Mixail Fridman ham sanksiyalar ostida qoldi.

Röyxatga TNK-VR sobiq ijroçi direktori, «Alfa-Grupp» kompaniyasining egalaridan biri, Rossiya va Isroil fuqarosi German Xan kiritilgan. 

Bundan taşqari, «Alfa-Grupp» konsorsiumining sobiq nazorat paketi egasi, Rossiya fuqarosi Aleksey Kuzmiçevga nisbatan çeklov çoralari joriy etilmoqda.

«Rossiyaning boy elitasi «odatdagidek biznes qiliş mumkin», degan fikrdan xalos bölişi kerak»

Röyxatdagi yuridik şaxs - Rossiya sanoatçilar va tadbirkorlar ittifoqi. «U Ukraina uruşi boşlanganidan söng rejimga qarşi joriy qilingan sanksiyalarga Rossiyaning javobi bilan boğliq faoliyatda iştirok etyapti», — deya tuşuntirdi AQŞ Moliya vazirligi.

«Rossiyaning badavlat elitasi Kreml Ukrainaga qarşi uruş olib borayotgan paytda «odatdagidek biznes qiliş mumkin», degan fikrdan xalos bölişi kerak», dedi AQŞ moliya vaziri örinbosari Uolli Adeyyemo. «Xalqaro koalitsiyamiz Ukrainaga asossiz bosqinga yordam berganlarni javobgarlikka tortişda davom etadi», — deya qöşimça qildi u.

OAV: rossiyalik milliarderlar tarjimai holini qayta yozyapti 

Avvalroq bu şaxslarga nisbatan sanksiyalar Avstraliya, Kanada, YeI, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalar kiritilgan edi. 

The Moscow Times naşri 11 avgust kuni rossiyalik milliarderlar, jumladan, Forbes röyxatiga kiritilganlar Ukraina uruşi boşlanganidan beri Rossiya bilan aloqasi haqidagi ma’lumotlardan xalos bölib, öz tarjimai holini ommaviy ravişda qayta yozayotgani haqida ma’lum qilgandi.