Ikkinçi jahon uruşi boşlangaç Yevropa davlatlari uçun xavfsizlik masalasi birinçi öringa çiqadi. Biroq Hitler boşçiligidagi nemislar qisqa muddatda Yevropaning qariyb barça davlatlarini bosib oladi. Navbat SSSRga keladi.

1941 yil 22 iyunda nemislar SSSRga hujum boşlaydi va bir neça oyda Moskva ostonasigaça yetib keladi. Sovetlar darhol davlat taşkilotlarini Kuybişev (hozirgi Samara) şahriga köçirişadi.

Moskva metrosi bombapanoh uçun hozirlanadi. Mamlakat rahbari Stalin yerosti bunkeriga tuşib oladi. Söng barça harbiy zaxiralarni poytaxtni himoya qilişga taşlaşadi. Vaziyat juda jiddiy edi.

Ana şu paytda sovetlar uçun yordam bera oladigan bitta davlat bor edi – Amerika Qöşma Ştatlari. Öşa paytda Amerika nemislarga qarşi uruşayotgan davlatlarga yordam beriş uçun Lend-liz dasturini qabul qilgan va Britaniya allaqaçon okean ortidan harbiy yordam olayotgan edi.

Sovetlar harbiy yordam sörab AQŞga murojaat qilişadi. 1941 yil sentabrda Moskvada SSSR, AQŞ va Britaniya vakillari yiğilişadi. Yiğilişda Lend-liz dasturi doirasida SSSRga yordam körsatiş masalalari muhokama qilinadi.

Öşanda AQŞ delegatsiyasiga Uilyam Harriman boşçilik qiladi. Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanadi va Lend-liz dasturiga SSSR ham qöşiladi. Şundan söng sovetlar ham AQŞdan harbiy yordam ola boşlaşadi va nemislarning hujumlari muvaffaqiyatli qaytariladi.

1945 yilda uruş tugagandan söng xalqaro maydonda vaziyat keskinlaşadi. Nemislardan ozod qilingan davlatlarni öz ta’sir doirasiga olişda AQŞ va SSSR örtasida raqobat kelib çiqadi. Şu tariqa, keçagina biri ikkinçisiga harbiy yordam körsatgan hamkor davlatlar birdaniga raqiblarga aylanişadi.

Ana şunday vaziyatda NKVD (öşa paytlarda davlat xavfsizlik xizmati ham şu taşkilot tarkibida bölgan) amerikaliklarga qarşi kiçik imkoniyatlardan ham foydalanişga urinadi. Natijada 1945 yil avgust oyida sovet öquvçilari yordamida AQŞning Moskvadagi elçixonasiga eşitiş moslamasini örnatişga muvaffaq böladi.

1941 yilda AQŞ prezidenti vakili sifatida Moskvada SSSRga harbiy yordam masalalarini muhokama qilgan Uilyam Harriman bu paytda Amerikaning SSSRdagi elçisi lavozimida işlardi.

Uilyam Harriman Britaniya boş vaziri Uinston Çerçill (çapdan birinçi), Stalin va Vyaçeslav Molotov (öngdan birinçi) bilan birga.