Rossiya uçun ham, Ukraina uçun ham Qora dengiz öziga xos dunyoga kiriş eşigi bölib, uning strategik va iqtisodiy ahamiyati juda katta. Ammo boşqa, birinçi navbatda, NATO davlatlari – Turkiya, Bolgariya va Ruminiyaning Yevropa va Osiyo örtasida joylaşgan bu mintaqada öz manfaatlari bor. Bu manfaatlar qanday namoyon bölyapti va Rossiya tomonidan «ğalla bitimi»ni bekor qiliş ularga qanday ta’sir qildi?
Rossiya «ğalla bitimi»dan çiqqanidan keyin Qora dengizdagi vaziyatning keskinlaşişi
Uruş şaroitida Ukraina donini Qora dengiz portlari orqali jahon bozoriga olib çiqiş imkonini beruvçi «ğalla bitimi»dan Rossiya çiqib ketganidan keyin Qora dengiz suvlarida vaziyat keskinlaşdi. 19 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi 20 iyuldan boşlab Qora dengiz böylab Ukraina portlariga suzib ketayotgan barça kemalar potensial harbiy yuk taşuvçilar sifatida körib çiqilişini va bunday kemalarda bayroği örnatilgan mamlakatlar «Ukraina mojarosida» Kiyev tomonida deb hisoblanişini bildirdi.
20 iyul kuni Ukraina Mudofaa vazirligi ham xuddi şunday bayonot bilan çiqdi. 21 iyuldan boşlab Rossiyaning Qora dengizdagi portlariga, şuningdek, qöşib olingan hududlardagi portlarga yöl olgan barça kemalar Kiyev tomonidan «barça xavf-xatarlarni hisobga olgan holda» harbiy yuk taşuvçi sifatida körib çiqiladi», deya ta’kidladi Ukraina Mudofaa vazirligi.
Rossiya: Qora dengiz asosiy ta’sir doirasidir
Rossiya Qora dengizni özining asl ta’sir doirasi hududi deb hisoblagan. Hatto Rossiya imperiyasi mavjud bölgan davrda ham, keyin sovet davrida ham bu dengiz davlatning janubiy qanoti edi. Bugungi kunda Qora dengizni Moskva Rossiya Örta Yer dengizi, Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika va Janubiy Yevropaga ta’sir körsatişi mumkin bölgan tayanç nuqtasi sifatida körmoqda. Bu, şuningdek, Rossiyaga Suriya yoki Liviya kabi özi faol harbiy faoliyat olib borayotgan uzoqroq davlatlarga kiriş imkonini beradi. Xususan, Suriyadagi Tartusda Rossiya allaqaçon harbiy-dengiz bazasiga ega.
Rossiya uçun mintaqadagi asosiy rolni Qora dengiz floti öynaydi, uning asosiy dengiz bazasi 1783 yildan beri Sevastopolda joylaşgan. 2014 yilda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolidagi bu şahar Rossiya uçun nihoyatda muhim. U yerda qişda ham harbiy maqsadlarda foydalanişga yaroqli, muzsiz, çuqur suvli dengiz porti mavjud.
Xalqaro qonunlarga köra, Rossiya Qora dengiz sohillarining atigi 10 foiziga egalik qiladi. Biroq, mintaqadagi ta’sirining kengayişi tufayli, Moskva hozirda qirğoq çiziğining uçdan bir qismini amalda nazorat qiladi.
2008 yilda Rossiya Gurjistonga qöşin kiritdi, şundan söng xalqaro huquq nuqtayi nazaridan tan olinmagan, ammo Kremlga sodiq bölgan ikkita respublika tuzildi - Abxaziya va Janubiy Osetiya. Ulardan birinçisi Qora dengiz sohilida joylaşgan. 2014 yilda Rossiya Qrimni anneksiya qildi va 2022 yil fevralida Ukrainada keng kölamli harbiy harakatlar boşlanganidan keyin bu mamlakat janubidagi boşqa hududlarni ham egallab oldi.
Qora dengiz Rossiya uçun savdo siyosati nuqtayi nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Mahalliy portlar orqali Moskva don, öğit va boşqa tovarlar eksportining katta qismini amalga oşiradi. Qora dengiz orqali ötadigan savdo yöli Rossiya uçun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, çunki u ğarbning Rossiyaga qarşi sanksiyalariga qöşilmagan mamlakatlarga tovarlarni yetkazib bera oladi.
Ukraina: Qora dengiz muhim savdo yöli hisoblanadi
Ukraina uçun Qora dengiz portlarining tijorat ahamiyati ham nihoyatda katta. Tinçlik davrida Ukraina eksportining 50 foizdan ortiği mamlakatning eng yirik Qora dengiz porti - Odessa orqali ötgan. Bu yerda, eng avvalo, iyul oyi örtalarida Rossiya bilan ğalla böyiça kelişuv muddati tugagunça jahon bozori uçun möljallangan ğalla ortilgan.
Qora dengiz mintaqasi dunyodagi eng katta oziq-ovqat eksporti yönalişlaridan biri hisoblanadi. Uruşdan oldin Rossiya va Ukraina hissasiga jahon kungaboqar yoği eksportining 60 foizi, buğdoy eksportining deyarli 24 foizi va arpa eksportining qariyb 19 foizi töğri kelgan.
Rossiya va Ukrainaning Qora dengizdagi savdo kemalari uçun qöşimça xavflar haqidagi bayonotlari fonini tahlil qilişda uşbu omilni hisobga oliş muhimdir. Mintaqadagi savdo yuk taşiş intensivligining pasayişi har ikki davlatga jiddiy iqtisodiy zarar keltiradi. Garçi uruş fonida Ukraina özining eksport yönalişlarini diversifikatsiya qilgan bölsa-da - bugungi kunda Ukraina ğallasining atigi 40 foizi Qora dengiz orqali eksport qilinadi, qolgan qismi esa Yevropa Ittifoqi orqali quruqlikdan ötyapti. Ammo, Kiyev uzoq vaqt davomida dengiz orqali tovarlar eksport qilişga boğliq böladi.
Yevropa: Qora dengiz - Osiyo va Yevropa örtasidagi yölak
Yevropa Ittifoqi böyiça esa, Ğarb va Şarqni boğlaydigan yöllar u uçun ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yevropa Ittifoqining ikki davlati - Ruminiya va Bolgariya Qora dengizga çiqiş imkoniyatiga ega. Bryussel Gurjiston va Ukraina bilan Yevropa Ittifoqi assotsiatsiyasi şartnomasini imzoladi. Yevropa Ittifoqi Qora dengizni Osiyo va Yevropa örtasida yuk va energiya taşuvçilar uçun muhim yölak sifatida körmoqda.
Yevropa Rossiya nefti va gazidan borgan sari mustaqil bölişga intilayotgan bir paytda, Kavkazning resurslarga boy davlatlari, ayniqsa, Ozarboyjon, tobora köproq birinçi öringa çiqib bormoqda. Boku neft va gazni Gurjiston hamda Turkiya orqali Yevropaga eksport qiladi. Uşbu Qora dengiz yöli şimolda Rossiyani va janubda Eronni çetlab ötadi, şu sababli ikki davlatga nisbatan qattiq iqtisodiy sanksiyalar qöygan yevropaliklar uçun alohida strategik ahamiyatga ega.
Öz navbatida, NATO ham Qora dengizda muhim xavfsizlik manfaatlariga ega. 1997 yildan boşlab Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlangunga qadar Şimoliy Atlantika alyansi har yili uşbu hududda keng kölamli maşqlar ötkazdi. Biroq, NATOga a’zo bölgan uçta davlatning harbiy-dengiz kuçlari doimiy ravişda bu yerda mavjud: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya. Bu Turkiyaning Qora dengizdan Örta Yer dengiziga çiqişning yagona yöllari - Bosfor va Dardanel böğozlari ustidan töliq suverenitetini kafolatlaydigan 1936 yildagi Montryo konvensiyasi bilan boğliq. 2022 yil fevral oyida Ukrainada harbiy harakatlar boşlanganidan söng, Turkiya bu böğozlarni nafaqat Rossiya, balki barça harbiy kemalar uçun yopib qöydi, buning natijasida Qora dengizdagi dengiz kuçlarining muvozanati bugungi kungaça saqlanib qoldi.
Turkiya: manfaatlar muvozanatini saqlaşga intiliş
Şu tariqa, Turkiya hozirda asosiy geostrategik pozitsiyani egallaydi, çunki u Qora dengizga çiqişni nazorat qilyapti, bu xalqaro şartnomalar bilan kafolatlanadi. Anqara NATOning Qora dengiz mintaqasidagi eng muhim hamkori hisoblanadi va özini Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yaqin Şarq örtasidagi savdo markazi sifatida köradi.
Turkiya mintaqada NATO oldida yetakçi rolni egallaşdan juda manfaatdor. Ayni paytda, Rossiya bilan aloqalar ham Anqara uçun alohida ahamiyatga ega. Anqarada ham, Moskvada ham Qora dengiz ustuvor manfaatlar zonasi sanaladi va Turkiya Qora dengiz mintaqasida önlab yillar davomida rivojlangan kuçlar muvozanati imkon qadar saqlanib qolişini diqqat bilan kuzatmoqda.
Montryo konvensiyasi Anqaraga boşqa öyinçilar, jumladan, NATOning Qora dengiz mintaqasi işlariga aralaşişiga yöl qöymaslik huquqini beradi. Bu, öz navbatida, Moskvaga qöl keladi.












