Qohiradagi elçixona tomonidan ma’lum qilinişiça, kuni keça Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan ajratilgan insonparvarlik kömagining ön uçinçi turkumini Şarm-al-Şayxdan Toşkentga yetkazib berdi. Jami 80 dona qutida 1280 ta dori vositalari Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti tomonidan şifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Misr V va S gepatiti viruslariga qarşi kuraşda dunyo miqyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erişgan. Misr soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, mamlakat aholisi uşbu kasallikdan butunlay foriğ etilgan bölib, Misr olimlari tomonidan yaratilgan maxsus diagnostika apparatlari va ularning tajribasini ham özbek mutaxassislari bilan örtoqlaşişga tayyor.

Mamlakat diplomatiya vakolatxonasi xabariga köra, Misr Soğliqni saqlaş vazirligi 5-8 sentabr kunlari Qohirada ötkaziladigan “Aholi, salomatlik va rivojlaniş böyiça global kongress” işida Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Amrullo Inoyatovning iştirok etişini kutmoqda. Uşbu taşrif doirasida beğaraz yordamni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qiliş ham möljallanmoqda.